Kontent qismiga oʻtish

Aorta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shotomirdan yoʻnaltirildi)
inson aortasi

Aorta (lotincha: aorta, qadimgi yunoncha: ἀορτή), shotomir – odam va hayvonlar organizmidagi eng katta, uzun yagona qon tomiri. Yurakning chap qorinchasidan chiqib organizmning barcha aʼzolari va toʻqimalariga tarmoqlanadi. Aorta devori qalinroq boʻlib, asosan ela-stik toʻqimadan tuzilgani uchun chap qorinchadan otilib chiqqan qon bosi-miga chidamli va kengayish xususiyati rivojlangan. Aorta yuqoriga koʻtariluvchi ravoq va pastga tushuvchi qismlardan iborat. Pastga tushuvchi qism koʻkrak va qorin Aortasiga boʻlinadi. Qorin Aortasi IV bel umurtqasi roʻparasida oʻng va chap umumiy yonbosh arteriyalarga ajraladi. Aortaning boshlanishidan oxirigacha boʻlgan qismidan chiqqan arteriya tolalari butun organizm toʻqimalari va aʼzolarini qon bilan taʼminlaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil