Shopur II
Shopur II (?-379) — Eron shohi (309—379), Sosoniylar Shopur II hukmronlik qilgan davrida davlatni mustahkamlab, shoh hokimiyatining obroʻsini qayta tikladi. Kushon podsholigi va xioniylarga qarshi bosqinchilik urushlarini olib borgan (346—347). Keyinchalik xioniylar bilan ittifoq tuzib, 359—363-yillarda Rim imperiyasiga qarshi kurashgan. Bosqinchilik urushlari natijasida Rim imperiyasining katta qismi Sosoniylar davlati tarkibiga oʻtgan. Armaniston ham toʻla boʻysundirilgan. Shopur II 369—375 yillarda kushonlar ustiga 2-marta yurish qilib, har 2 jangda ham qaqshatqich zarbaga uchragan.
Shopur II koʻplab shaharlarga, jumladan, Suza shahri oʻrnida Eron Xvarre Shopurga asos solgan. Avesto matni maxsus tafsir va tahrir qilinib, yaxlit kitob shakliga keltirilgan.
Keyinchalik oʻrta asrlar Sharq adabiyotida Shopur obrazi shakllangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |