Kontent qismiga oʻtish

Shopur I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shopur I (? 272) – Eron shohi (239 yoxud 241-yildan), Sosoniylardan. Ardashir I ning oʻgʻli. Otasi davrida boshlangan davlat hududini kengaytirish va uni mustahkamlash ishlarini davom ettirgan[1]. U katta hududlarni bosib olgan. 260-yil Edessa yaqinida Rim qoʻshinlarini tormor keltirib, imperator Valerian hamda uning qoʻshinining katta qismini asir olgan. Suriya, Armaniston, Shim. Mesopotamiyani boʻysundirgan (262263). Shopur I Turon hududiga ham bosqinchilik yurishlari qilib Kushon podsholigita qarshi Hirot, Seyiston, Marv, Girkaniya, Kushonshahr va boshqalar viloyat va shaharlarni egallagan, Sugʻd va Choch vohasiga bostirib kirgan. Shopur I davrida Eronda keng miqyosda irrigatsiya va qurilish ishlari olib borilgan, koʻplab shaharlarga asos solingan[2].

  1. Thaalibi 485-6 even ascribes the founding of Badghis and Khwarazm to Ardashir I
  2. Agathias 4.24.6-8; Panegyrici Latini N3.16.25; Thaalibi 495; Arthur Christensen, L’Iran sous les Sassanides (Copenhague 1944) 214