Kontent qismiga oʻtish

Shoh Tohir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shoh Tohir
Nizoriylarning 31- imomi
Tenure 1510-1549
Oʻtmishdoshi Radiddin II ibn Tohir
Davomchisi Haydar ibn Tohir
Tugʻilishi hijriy 892-yil/milodiy 1486-yil
Xund, Qazvin yaqinida, Eron
Vafoti hijriy 956-yil/milodiy 1549-yil
Ahmadnagar, Ahmadnagar sultonligi
Dafn etilgan joy
Karbalo, hozirgi Iroq

Shoh Tohir yoki Tohir Shoh (1486 – 1549) nomi bilan tanilgan va shogirdlari tomonidan Hujjatulloh nomi bilan mashhur boʻlgan. U Muhammad-Shohiy (Moʻminiy) naslidan boʻlib, nizoriy ismoiliy imomi va Janubiy Hindistonda Nizomshohlar sulolasining vaziri boʻlgan. Tohir Shoh astronom va faylasuf edi.

Imom Shoh Tohir Gʻilonning Qazvin bilan chegaradosh boʻlgan Xund qishlogʻida tugʻilgan. Uning ota-bobolari Misr fotimiylaridan kelib chiqqan. Tohir nizoriy ismoiliy imomi boʻlgan Alamut nizoriylarining avlodidan boʻlgan imom Shoh Radiddin II ning oʻgʻli boʻlgan. Yoshligida u Koshonda oʻqigan va dars bergan. Safaviylar sulolasining barpo etilishi va ismoiliy tasavvufiga qarshi harakatlarning kuchayishi natijasida, u ismoiliy tasavvufidan voz kechib, milodiy 1520-yil boshida Shoh Ismoil saroyiga kelib joylashadi. Biroq Shoh Ismoil undan shubhalanib qolgach, Tohirshoh Eronni tark etishga majbur boʻlgan va Hindistonga yoʻl olgan. U 16-asrning buyuk astronomi Shamsiddin al-Xafriyning shogirdi edi.

Imom Shoh Tohir 1520-yil oʻrtalarida Goaga yetib boradi, biroq Odil Shohiy monarxi uning faoliyatiga eʼtibor bermaydi. U Bijapurni tark etib, Parendaga koʻchib oʻtdi va u yerda Ptolemeyning astronomiya risolasi boʻlgan al-Majistiyni oʻrgatishni boshlaydi. Milodiy 1522-yilda Sulton Burhon Nizomshohning iltimosiga binoan u Ahmadnagar saroyiga koʻchib oʻtadi. U, shuningdek, bosh diplomat sifatida ham faoliyat yuritgan va qal’ada haftasiga ikki marta maʼruza oʻqigan. Oxir-oqibat, milodiy 1538-yilda u sunniy sultonni nizoriylikni qabul qilishga koʻndiradi va oʻsha paytda u mazkur boʻlimning eng katta imomi edi. Sulton, shuningdek, Nizoriylikni rasmiy davlat dini deb eʼlon qiladi[1][2][3].

U koʻplab kitoblar yozgan, ular orasida quyidagilar bor[4]:

  1. Al-Majistiyga sharh
  2. Avitsenna ilohiyotiga sharh
  3. Sharh bob hodi ashr ilohiyot boʻyicha
  4. Sharh jaʼfariya fiqh boʻyicha
  5. Tafsir bayzaviyga sharh

Shoh Tohir milodiy 1549-yilda vafot etgan va jasadi Karbalodagi Husayn ibn Ali qabri yonida dafn qilingan[5]. Uning toʻrt oʻgʻli va uch qizi boʻlib, ular orasidan imom Shoh Haydar otasidan keyin imom va saroyda vazir boʻlgan[4].

  1. Saiyid Athar Abbas Rizvi, „A Socio-Intellectual History of Isna Ashari Shi’is in India“, Vol. 1, p. 286, Maʼrifat Publishing House, Canberra, Australia (1986).
  2. John Norman Hollister, „The Shi’a of India“, p. 117, Luzac and Co., London (1953).
  3. W. Ivanow, A Forgotten Branch of the Ismailis. The Journal of the Royal Asiatic Society of Great Britain and Ireland, No. 1 (January 1938). [1]
  4. 4,0 4,1 Saiyid Athar Abbas Rizvi, „A Socio-Intellectual History of Isna Ashari Shi’is in India“, Vol. 1, p. 290, Maʼrifat Publishing House, Canberra, Australia (1986).
  5. Daftary. „Husayni, Shah Tahir b. Radi al-Din (d. 956 AH/ 1549 CE)“. The Institute of Ismaili Studies (2021).
Shialik unvonlari
Oldingisi
Shoh Radiddin II ibn Tohir
Nizoriy ismoiliylarining 31-imomi
1510–1549
Keyingisi
Haydar ibn Tohir