Shodon Hanif
Shodon Hanif | |
---|---|
Tavalludi |
10-mart 1934 |
Vafoti |
5-may 2007 Dushanbe Tojikiston |
Ijod qilgan tillari | Tojik tili |
Fuqaroligi | SSSR - Tojikiston |
Yoʻnalish | yozuvchi, dramaturg, tarjimon, jurnalist |
Faoliyat yillari | 1950–2007 |
Shodon Hanif (tojikcha: Шодӣ Ҳанифов) – sovet va tojik yozuvchisi, dramaturg, tarjimon va jurnalist[1][2]. 1975-yildan Tojikiston SSR (keyinchalik Tojikiston) Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Loxutiy nomidagi Tojikiston SSR Jurnalistlari ittifoqi mukofoti laureati (1987). Tojikiston xalq yozuvchisi (2004). „Sharaf“ ordeni, „Nishoni Faxri“ ordeni, Rossiya Jurnalistlar ittifoqi medali, Tojikiston SSR va O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shodon Hanif 1934-yil 10-martda Samarqandda tojik oilasida tugʻilgan. 1959-yilda Lenin nomidagi Tojikiston Davlat universiteti (hozirgi Tojikiston Milliy universiteti)ning tarjimonlik fakulteti va tarix-filologiya fakultetini tamomlagan.
Oʻqishni tamomlagach, ikki yil „Tojikistoni Soveti“ (Sovet Tojikistoni) gazetasida adabiy sharhlovchi boʻlib ishladi. Keyin „Irfon“ nashriyotida muharrir boʻlib ishladi. Keyinchalik shu nashriyot filiallaridan biriga mudirlik qiladi.
1970-yilda uning „Mina“ nomli birinchi hikoyalar toʻplami nashr etildi. 1991-yilda „Olmos“ ikkinchi hikoyalar toʻplami nashr etildi. Shuningdek, „Didor“ (1974) va „Kuh ba kuh merasad“ (1976) ocherklar toʻplami nashr etilgan. „Ohuguzar“ (1975), „Bedori“ (1980), „Jon ba garav“ (1982), „Shikoyati ofat“ (1986), „Hunbaho“ (1990), „Dil ba yodgor“ (1991), „Ukobi zahmin“ (1993), „Dar surogi moder“ (2001), „Dar panohi hindkush“ (2004) kabi qator hikoya va romanlar yozgan. „Domodi shahri“ (1976), „Obfurush“ (1984) dramalarini ham yozgan.
1967-1971-yillarda Tojikiston SSR Madaniyat vazirligi boʻlimlaridan birida bosh muharrir boʻlib ishlagan. Keyingi oʻn yil davomida „Sadoi Sharq“ oylik gazetasida bosh muharrir boʻlib ishladi. 1980-1985-yillarda Afgʻoniston urushi davrida Afgʻoniston Demokratik Respublikasida tarjimon va maslahatchi boʻlgan.
1986-1991-yillarda SSSR Adabiyot fondi Tojikiston boʻlimi direktori boʻlgan[3].
2007-yil 5-mayda Dushanbeda 73 yoshida vafot etdi. U Luchob qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Книжная летопись: Основной выпуск. Книга,, 1991.
- ↑ Атахон С. Сайфуллоев. Уфуқҳои тозаи наср. Адиб, 2006. ISBN 9789994732005.
- ↑ Aslho va naslho. – Dushanbe,2013, – S. 145—184 s. – ISBN 978-99947-958-2-6