Kontent qismiga oʻtish

Shoʻrsuv

Koordinatalari: 40°17′0″N 70°47′59″E / 40.28333°N 70.79972°E / 40.28333; 70.79972
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shoʻrsuv
Qishloq
40°17′0″N 70°47′59″E / 40.28333°N 70.79972°E / 40.28333; 70.79972
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Oʻzbekiston tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Shoʻrsuv xaritada
Shoʻrsuv
Shoʻrsuv

Shoʻrsuv — Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi shaharcha (1934-yildan). Olay togʻlarining shim. chekkasidagi adirda. Shoʻrsuvsoy vodiysida. Qoʻqon shahridan 35 km jan.gʻarbda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Yaypan (12 km). Aholisi 3 ming kishiga yaqin (2004).

Shaharcha Shoʻrsuvsoy vodiysida neft va pirit (oltingugurt kolchedani) konlari topilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Sh. yon atrofidagi konlari qadimiydan maʼlum boʻlgan. Bu yerdan topilgan arxeologik yodgorliklar qadimiy konchilik ishlaridan dalolat beradi. 19-asrning 1-yarmida Shoʻrsuv konlari Qoʻqon xonligining mulki boʻlib, bu yerdan oltingugurt, achchiqtosh, togʻ mumi qazib olingan. shahrida gʻisht zavodi, sopol idishlar xom ashyosi — qizil tuproqni kukun qiladigan zd, taʼmirlashmexanika, oltingugurt maydalash sexlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, tibbiy muassasalar, profilaktoriy mavjud. Yaypan—SH., Qoʻqon — Sh. yoʻnalishlarida avtobuslar qatnaydi. Sh. yaqinida Shoʻrsuv neft koni bor.