Shirin Azizova
Shirin Azizova | |
---|---|
Tavalludi |
10-yanvar 1940-yil |
Vafoti |
15-iyul 2006-yil (66 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | → |
Kasbi | aktrisa |
Faoliyat yillari | 1961—2006 |
Turmush oʻrtogʻi | Toʻgʻon Rejametov |
Bolalari | Fotima Rejametova |
Shirin Mirxonovna Azizova (10-yanvar 1940, Gʻijduvon — 15-iyul 2006-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988).
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shirin Azizova Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetigaoʻqishga kiradi va institutni 1961-yilda tamomlaydi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1961-1964-yillar Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat musiqali drama teatri sahnasida chiqish qilgan. 1968-yildan Toshkentdagi Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyatini davom ettiradi. 1987-yilda esa Hamza teatrida ish boshlaydi. Azizova ijodiga lirik, dramatik rollar yaqin boʻlib, obrazlari hayotiyligi, sahna nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi. Shirin Azizova 1981-yildan beri filmlarda rol oʻynay boshlaydi.
Rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teatr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xolishon, Sora, Maysara („Xolisxon“, „Ishq qurbonlari“, „Maysaraning ishi“), Rohila („Birinchi muhabbat“), Muhabbat („Oʻn sakkiz yoshligim“), Nozi („Bahs“), Oʻzbekoyim („Oʻtgan kunlar“), Tamara („Jar“), qaynona („Chimildiq“) kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Tangalik bolalar“ (1990-yil), „Temir erkak“ (1991-yil), „Kelgindi kuyov“ (2005-yil), „Sen meni sevasanmi“ (2006-yil), „Mergan militsiya“, „Qabrdan qaytgan umr“ (2010-yil) kabi filmlarda rollar ijro etgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shirin Azizovaning turmush oʻrtogʻi taniqli aktyor Toʻgʻon Rejametov (1938—1982-yil);
- Oʻgʻli — aktyor Zuxriddin Rejametov 1962-yil,
- Qizi — aktrisa Fotima Rejametova 1970-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |