Namangan teatri
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Namangan teatri, Alisher Navoiy nomidagi davlat musiqali drama teatri — dastlabki teatrlardan biri. 1931-yil 15-iyunda "Intilish" (A. Sultonov) spektakli bilan ochilgan. Professional teatr jamoasining asosini mahalliy maktab va texnikumlarning oʻqituvchilari, havaskorlik drama toʻgaragi qatnashchilari tashkil etgan. Truppaning badi-iy rahbari va teatr tashkilotchisi Razzoq Hamroyev (N. Roziqiy bilan) boʻlgan. S. Otaxonov, B. Eminov, A. Toshboyev, A. Toʻraxonov, X. Sharipov, N. Isho-qov, keyinroq M. Azizova, T. Jaʼfarova, S. Rahmonov, M. Dadaboyev, T. So-diqov va boshqa teatrning dastlabki ijodkorlaridir. 30-yillar teatr uchun sahna sanʼatini egallash yoʻlidagi oʻziga xos maktab yillari boʻldi. Bu davrda sahnalashtirilgan "Hujum" (V. Yan, Choʻlpon), "Malikai Turandot" (K. Gotssi), "Halima" (Gʻ. Zafariy) kabi spektakllar badiiy yoʻnalishiga koʻra koʻproq tashviqot harak-terida edi. 30-yillarning oʻrtalarida jamoaning ijodiy faoliyatida maʼlum burilish yasaldi. A. Turdiyev, R. Hamroyevning aktyorlar bilan ijodiy hamkorligi samarali natija berdi va "Gulsara", "Nomus va muhabbat" (K. Yashin), "Rustam" (U. Ismoilov), "Otsiz" (A. Majidiy), "Makr va muhabbat" (F. Shiller), "Boy ila xizmatchi" (Hamza) kabi spektakllar yaratildi. Aktyorlar obraz yaratishda qolip va bir xillikni bartaraf etib, asta-sekin qahramonlar ichki dunyosini ochish sanʼati, inson xususiyatlarini tasvirlash mahoratini egallab bordilar.
1936-yil teatr ilk bor Toshkentga gastrolga keladi, "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Rustam", "Arshin mol olon" kabi spektakllari poytaxt tomoshabinlari tomonidan ijobiy baholandi.
Ikkinchi jahon urushi yillari teatr ijodiy truppasi "Qurbon Umarov", "Front boʻylab buyruq", "Burgutning parvozi", ukrain teatri aktyorlari bilan hamkorlikda Gulak-Artyomovskiyning "Zaporojyelik Dunay ortida" nomli hajviy operasini sahnalashtirdilar.
Urushdan keyingi yillar teatr repertuari kengaydi. Ijodiy koʻtarinkilik, repertuar mustaqilligiga erishishga aktyorlik maxrratini oʻstirishga intilish sezildi. Ayniksa, 50-yillarning 2-yarmida A. Xachaturov bosh rej. etib tay-inlangach, jamoada uzluksiz ish olib borilib, original repertuar, spektakl sahnalashtirishda ifodaviylikning yangi qirralarini izlash, sahna bezaklarini yangilash ustuvorlik qildi. Aynan shu davrda oʻzbek dramaturgiyasi bilan teatrning uzaro bogʻlanish jarayoni kuchaydi. "Yurak sirlari" (B. Rahmonov), "Ogʻriq tishlar" (A. Qahhor), "Chin muhabbat" (O. Yoqubov), "Xurriyat" (Uygʻun), "Tugʻma dogʻ" (S. Qrriyev) kabi spektakllarda davr muammolari, xalq hayoti va uning mehnatini aniq tasvirlashga intilish asosiy vazifaga aylandi. 1957-yil Toshkentga bulgan gastrolida teatr madaniyatining ancha yuksalganligi, repertuarning janr jihatidan oʻsganligi, aktyorlik ansamblining yaxlitligi kuzga tashlandi. Teatr rivojiga oʻsha davrda M. Azizova, O. Tojiboyeva, T. Nazarova, M. Ubaydullayev kabilar munosib hissa qoʻshdilar.
1963-yil teatr musiqali drama va komediya teatriga aylantirilgach, teatrning oʻziga xos repertuarini shakllantirish harakatlari natijasi oʻlaroq "Toshbolta oshiq" (H. Gʻulom; M. Leviyev), "Nurxon", "Gulsara" (K. Yashin; T. Jalilov). "Alpomish", "Toxir va Zuxra" (S. Abdulla), "Guli siyoh" (S. Jamol), "Hali-ma" (Gʻ. Zafariy, T. Tula), "Layli va Majnun" (Sh. Xurshid) kabi musiqali dramalar teatr repertuaridan urin oldi. Musiqali dramalar bilan bir katorda "Oʻliklar kechirmaydi" (Oʻ. Umarbekov), "Ufq" (S. Ahmad), "Kasa Mare" (I. Drutse) singari dramatik spektakllar ham qoʻyildi. Keyinroq "Yusuf va Zulayho" (H. Saʼdulla; D. Soatkulov), "Oʻn uchinchi rais" (O. Abdullin), "Yovvoyi farishta" (A. Kolomiys), "Temir xotin" (Sh. Boshbekov) kabi ijtimoiy mavzudagi asarlar muvaffaqiyat bilan sahnalashtirildi. Shu davrda teatrda ijod qilgan H. Oxunova, M. Isomiddinovlarning xizmatlari katta boʻldi.
Mustaqillikdan keyin teatr faoliyatida yangi davr boshlandi. 90-yillarning oʻrtalarida teatrni Karim Yoʻldoshev boshqardi. Mustaqil repertuar tanlash, mavzu va janr diapazo-nining kengayishi koʻzga tashlandi. Bu davrda teatr spektakllari vatan ta-rixi yoritilgan, zamonaviy mavzu aks etgan asarlar hamda jahon klassikasidan iborat boʻldi: "Mashrab" (A. Tursun), "Yor istab" (H. Sharipov), "Kashmir qoʻshigʻi", "Alpomishning oʻq-yoyi" (A. Jabbor), "Usmon Nosir qayerda?" (A. Aʼzamov), "Kirol Lirning nabiralari" (U. Shekspir, A. Pushkin, M. Bulgakov) va boshqa teatrning soʻnggi yillardagi eng yaxshi spektakllaridir.
Oʻzbekiston xalq artistlari M. Ubaydullayev, U. Nuraliyev; O. Tojiboyeva, K. Rasulova, M. Rahmonov, V. Saydaliyev kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar, shuningdek, S. Sarimsoqova, S. Omonov, M. Niyozov, M. Faxriddinova, X. Madrahimova, U. Mirzayev, A. Tojiboyev, A. Karimova, M. Abdullayeva va boshqa aktyorlar teatrning hozirgi kundagi yetakchi ijodkorlaridir.
Muhabbat Toʻlaxoʻjayeva.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |