Shimoliy Bagʻdod kollektori
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Shimoliy bagʻdod kollektori — Fargʻona vodiysida Achchiqkoʻl kollektorlar tizimi tarkibiga kiruvchi yirik kollektor. Achchiqkoʻl kollektoridan gʻarbda joylashgan. Qoʻqon guruhi tumanlaridagi (Rishton, Oltiariq, Bagʻdod, Uchkoʻprik, Buvayda, Furqat) zovur va oqova suvlarni yigʻish va Sirdaryoga tashlash uchun xizmat qiladi. Qoʻqon shahridan sharqda Katta Andijon kanaliniig Qiziltepa tarmogʻigacha boʻlgan hududdagi sugʻoriladigan yerlarga xizmat koʻrsatadi. 1947-yilda ishga tushirilgan.
Chuq. 6 m gacha, tubning nishobi 0,0005—0,001 ga teng. Yiliga Sirdaryoga 1,5 mlrd. m³atrofida suv tushadi. Sh.Shimoliy Bagʻdod kollektoriga koʻp sonli ochiq tartibdagi kollektor va oqova tarmoqlar (Yuqori, Oʻrta va Quyi Qiziltepa, BoʻrbaliqQayragʻoch, Oqqoʻrgʻon va boshqalar) qoʻshiladi. Kollektor turli xil inshootlar, koʻpriklar, sharshara, nov, suv toʻsqich inshootlar bilan taʼminlangan. Yozyovon choʻlidagi yerlarni sugʻorish uchun Furqat kanaliga kollektordan suv oluvchi inshoot — nasos styasi qurilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |