Nov
Qiyofa
Nov — 1) kanal, jar, soy va yoʻllar ustidan suv oʻtkazish maqsadida quriladigan maxsus gidrotexnik inshoot (ensiz, qiya sunʼiy kanal, ariqcha). Ilgari charxpalakda chikarilgan suv N. orqali ekinzorlarga yuborilgan. N. Oʻzbekiston hududida qad.dan qoʻllanib kelingan. Asosan, yogʻoch va toshdan ishlangan (qarang Joʻyi Arziz). Yogʻoch oqizish novi yogʻochlarni bittalab va koʻplab oqizish, gidroinshootdan oʻtkazish uchun moʻljallanadi. Baliq oʻtka-z i sh novi toʻsiqsiz va qarshi oqimli boʻladi. Tegirmon toshi va GES tur-binalarini aylantirish, mollarga suv berish va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan N.lar ham bor (yana qarang Akveduk); 2) okeanlar ostidagi koʻpincha uzun choʻzilgan chuqur botiqlar. Mas, Mariana novi, Yava novi va boshqa [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |