Sheksna
Qiyofa
Sheksna | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 139 |
Maydoni | 19 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Sheksna |
Sheksna — Rossiya Federatsiyasi Vologda viloyatidagi daryo, Volganing chap irmogʻi. Beloye koʻlidan boshlanib, Ribinsk suv omborining Sheksna qoʻltigʻiga quyiladi. Uzunligi 139 km, havzasining maydoni 19 ming km². Volga — Boltiq suv yoʻli va Shimoliy Dvina suv sistemasiga kiradi. Asosan, qordan toʻyinadi. Quyilish joyidan 28 km da oʻrtacha suv sarfi 172 m³/sek. Oktyabr — dekabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Sheksna quyilish joyida Cherepovets shahri joylashgan. Daryoda Cherepovets gidrouzeli va suv ombori bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |