Shayx eshon jome masjidi
Masjid | |
Shayx eshon jome masjidi
Shayx Isʼhoq Eshon jome masjidi | |
Hudud | Namangan |
Manzil | Namangan shahri |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1910-yil—1912-yil |
Soʻngi imom | Axunov Patxiddin |
Minoralar balandligi | 26 m |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik |
41°0′4″N 71°41′14″E / 41.00111°N 71.68722°E
Shayx Eshon jome masjidi (toʻliq nomi Shayx Isʼhoq Eshon jome masjidi) — Namangan viloyati, Namangan shahri, Gʻishtko‘prik qishlogʻida joylashgan masjid[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning qayta bunyod etilish tarixi 1910 — 1912-yillarga to‘g‘ri keladi.
Masjid yon atrofidagi aholining kasbi pillachilik va to‘qimachilik bo‘lgan. Shimol tomonida, yaʼni Namangansoyning yonida shaharning nufuzli qorilar tayyorlovchi madrasa, janub tomonida esa Muhammad Xo‘ja Amin madrasa va jomeʼsi shuningdek, Bahodirxon eshon masjidi joylashgan.
Sho‘rolar davrining ilk paytida masjid teri maxsulotlari saqlanadigan joy — ombor sifatida foydalanilgan.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx eshon Boboxon hazratlari tashabbusi bilan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududida masjidlar ochiladi. Ana shu masjidlar qatorida „Shayx Is’hoq eshon“ jome masjidi ham faoliyat boshlaydi. Masjidga Shayx Ismoil Mahdum imom-xatiblik qiladi.
Namangan shahrida eʼtiborga molik bo‘lgan ushbu masjidda Shayx Ismoil Mahdum O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari vazifasiga tayinlanish davrigacha salohiyatli imomlar qatorida xizmat qilgan. Masjidning ibodat uchun ajratilgan yer maydonidagi binolar tarixiy, madaniy meros sifatida saqlanib kelgan.
Yuqoridagi xayrli va mas’uliyatli faoliyatlarning amaliy namunasi sifatida „Shayx Is’hoq eshon“ jome masjidi faollari saʼyi-harakatlari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat ko‘rsata boshladi[2].
Masjidning tashqi qismida 26 metrli ikki minora va darvozaxonalar qurib bitkazildi. Masjidning sharq tomonida joylashgan qadimiy hovuz hozirgacha saqlanib kelinmoqda. Uning yanada yaxshi saqlanishi uchun ustida shinam va sharqona uslubda gumbaz ham barpo etilgan[3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Шайх эшон жоме масжиди“. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
- ↑ „Намангандаги “Шайх Эшон” жоме масжидида таровиҳ манзаралари“. 2015-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
- ↑ „Shayx Eshon masjidi“. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
- ↑ MultiSalohiddin, «Shayx eshon jome masjidi Namangan shahri» YouTubeda