Kontent qismiga oʻtish

Shavkat Shukurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shavkat Shukurov
Tavalludi 15-iyul, 1933-yil
Vafoti 11-yanvar, 2009-yil
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Unvoni professor

Shavkat Shukurov(1933-yil 15-iyul, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2009-yil 11-yanvar, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi) – jurnalist, oʻqituvchi, filolog, adabiyotshunos. U filologiya fanlari doktori, professor[1].

Shavkat Shukurov 1933-yil 15-iyul kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Samarqand shahridagi umumtaʼlim oʻrta maktabni tugatgach, 1954-yili Samarqand davlat universitetining tarix fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. 1959-yilda shu oliygohni muvaffaqiyatli tamomlaydi[2]. U 1959-yildan 1961-yilgacha Tojikiston Vazirlar Kengashi muharriri lavozimida ishladi. Shavkat Shukurov 1961-yil oʻzi tugʻilgan Samarqand shahriga qaytib keldi. 1961-yildan 1992-yilgacha „Maorif va madaniyat“ gazetasida ishladi. 1992-yildan 2004-yilgacha Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetining sharq tillari kafedrasida mudir boʻlib ishladi. Shavkat Shukurov 2004-yildan 2009-yilgacha Samarqand madaniyat markazida bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritdi. U Buxoro, Dushanbe hamda Toshkent shaharlariga borib, ilmiy faoliyat bilan shugʻullangan. Shavkat Shukurov 2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi Samarqand viloyatida vafot etgan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Shukurov allomalarning va adabiyot sohasidagi insonlarning hayoti va ijodiga oid maʼlumotlarni oʻrganib chiqqan. Soʻng, uhsbu shaxslarning aksariyat asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan:

Bundan tashqari „Hind xalqlarining urf–odatlari, qadriyatlarining hayot tarzida oʻrni“, „Bedil sheʼriyatining oʻziga xosligi“, „Bedil va Umar Xayyomning sheʼriyatidagi oʻxshashliklar“ hamda „Ahmad Donishning donishmandligi“ mavzularida dissertatsiyalarni himoya qilgan. Shavkat Shukurovning ilmiy ishlari, asosan Bedil bilan bogʻliq edi. Barcha shaxslardan ham koʻra, Bedilning ijodiyoti va hayoti haqida koʻp izlanishlar olib bordi. Bedilning sheʼriy uslubidan ilhomlangan holda, „Dunyo posbonlari“ nomli kitobi nashr etildi.

  1. „Шавкат Шукуров рӯзноманигор“. 2023-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: ovozitojik.tg.
  2. „ЗАБОН АСТ ТОРУ ПУДИ МАЪНАВИЯТ“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.