Kontent qismiga oʻtish

Sharja amirligi

Koordinatalari: 25°26′0″N 55°23′0″E / 25.43333°N 55.38333°E / 25.43333; 55.38333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kod ISO 3166-2 AE-SH
Xaritada
25°26′0″N 55°23′0″E / 25.43333°N 55.38333°E / 25.43333; 55.38333
Ummon va BAA eksklavlari



  Ummon
  Abu Dabi (BAA)
  Dubay (BAA)
  Sharja (BAA)
  Ajman (BAA)
  Umm al-Kayvan (BAA)
  Ras al-Xayma (BAA)
  Fujayra (BAA)

Sharja — Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan amirlik boʻlib, poytaxti Sharja shahri. Mamlakatni tashkil etuvchi 7 amirlik orasida, u hududi va aholisi boʻyicha 3-oʻrinni egallaydi.

Amirlikning yonida BAAning ikkinchi eng muhim shahri Dubay joylashgan boʻlib, shaharlar orasidagi ramziy chegara — yarmi Sharjada, yarmi Dubay hududida joylashgan yoʻl kesishmasidan iborat.

Boshqaruv shakli konstitutsiyaviy monarxiya. Amirlik hukmdori Shayx Sulton ibn Muhammad al-Qosimiy.

Tarixan Sharja mintaqadagi eng boy shaharlardan biri boʻlgan. Birinchi aholi punktlari 5000 yil avval tashkil etilgan. XVIII-asr boshlarida Sharjada Al-Qosimiy urugʻi (Xuvala qabilasi) mustahkamlanib, 1727-yilda oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan.

1820-yil 8-yanvarda Shayx Sulton I bin Saqr al-Qosimi Angliya bilan asosiy dengiz shartnomasini imzolaydi va Britaniya protektoratini qabul qiladi. Shundan soʻng, hudud Ummon shartnomasi boʻyicha Britaniya protektorati tarkibiga kiradi.

1971-yil 2-dekabrda Sharja amiri Shayx Xolid III bin Muhammad al-Qosimi Sharjaning Birlashgan Arab Amirliklari tarkibiga kirishi toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi. BAA tarkibiga kirgan boshqa amirliklar singari, Sharja amirligi ham marka kollektorlari orasida keng maʼlum boʻlgan, chunki BAA tashkil etilishidan avvalroq, Sharja pochta vazirligi tomonidan juda koʻp miqdordagi markalar ishlab chiqarilgan. Koʻpgina markalar ular nomi bilan atalgan mamlakatlarda hech qachon muomalada boʻlmagani uchun, aksariyati mashhur pochta markalari kataloglariga kiritilmagan.

Sharja hukmdorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1727-1777-yillar Shayx Rashid bin Matar al-Qosimi.
  • 1777-1803-yillar Shayx Saqr I bin Roshid al-Qosimi.
  • 1803-1840-yillar Shayx Sulton I bin Saqr al-Qosimi (birinchi hukmronlik).
  • 1840-yil Shayx Saqr bin Sulton al-Qosimi.
  • 1840-1866-yillar Shayx Sulton I bin Saqr al-Qosimi (ikkinchi hukmronlik) (1866-yilda vafot etgan).
  • 1866-1868-yillar Shayx Xolid I bin Sulton al-Qosimi (1868 yilda vafot etgan).
  • 1868-1883-yillar Shayx Salim bin Sulton (1919 yilda vafot etgan).
  • 1869-1871-yillar Shayx Ibrohim bin Sulton al-Qosimi.
  • 1883-1914-yillar Shayx Saqr II bin Xolid (1914 yilda vafot etgan).
  • 1914-1924-yillar Shayx Xolid II bin Ahmad al-Qosimi.
  • 1924-1951-yillar Shayx Sulton II bin Saqr al-Qosimi (1951 yilda vafot etgan).
  • 1951-yil Shayx Muhammad bin Saqr al-Qosimi.
  • 1951-1965-yillar Shayx Saqr III bin Sulton al-Qosimi.
  • 1965-1972-yillar Shayx Xolid III bin Muhammad al-Qosimi.
  • 1972-yil Shayx Saqr bin Muhammad al-Qosimi.
  • 1972-1987-yillar Shayx Sulton III bin Muhammad al-Qosimi (birinchi hukmronlik).
  • 1987-yil Shayx Abd al-Aziz bin Muhammad al-Qosimi.
  • 1987-yil Shayx Sulton III bin Muhammad al-Qosimi (ikkinchi hukmronlik).

Sharjadan bir soatlik yoʻlda Jebel Faya joylashgan joyda Tübingen universiteti olimlari yoshi 125-100 ming yillik ibtidoiy tosh asboblarni termolyuminesans usuli orqali topganlar. Arxeologlar neolit, temir va bronza davrlariga oid artefaktlarni ham topdilar. Jebel Faya[1][2]da inson skeleti qoldiqlari topilmagan.

Sharjaning 2022-2024-yillarga moʻljallangan korporativ rivojlanish strategiyasiga koʻra, asosiy eʼtibor amirlik uchun raqobatbardosh, diversifikatsiyalangan va barqaror iqtisodiyotni shakllantirishga qaratilgan. Ushbu strategiya 4 ta strategik maqsad ustiga qurilgan. Birinchi maqsad: barqaror iqtisodiy o‘sishga qaratilgan bo‘lib, ular orqali strategik tashabbus va loyihalarni ishga tushirishni amalga oshirish; Ikkinchi maqsad: biznes muhitining raqobatbardoshligini oshirish; Uchinchi strategik maqsad: aloqalarni yaxshilash va hamkorlikni mustahkamlash uchun strategik sheriklik munosabatlarini yaratish; Toʻrtinchisi maqsad esa, barcha maʼmuriy xizmatlarning sifat va samaradorlik standartlariga muvofiq koʻrsatilishini taʼminlash uchun aniq institutsional imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan[3].