Kontent qismiga oʻtish

Sharaf Rashidov koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharaf Rashidov koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yunusobod
Yakkasaroy
Uzunligi 4 km
Yaqin metro bekatlari Mustaqillik maydoni
Avvalgi nomlari Samarqand koʻchasi
Lenin prospekti koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Sharof Rashidov
Koʻchada joylashgan binolar Toshkent moliya instituti
Mustaqillik maydoni
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi
Minor qabristoni

Sharaf Rashidov koʻchasi – poytaxtning markaziy koʻchalaridan biri. Yunusobod va Yakkasaroy tumani hududida. Koʻcha 2 qismdan iborat. Koʻchaning Yusuf Xos Hojib koʻchasidan Alisher Navoiy koʻchasigacha boʻlgan qismi uzunligi 2 km atrofida. Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan va Matbuotchilar hamda Istiqlol koʻchalari bilan tutashgan. Koʻchaning ikkinchi qismi Abdulla Qodiriy koʻchasi va Kichik halqa yoʻli oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,2 km atrofida. Xurshid koʻchasi bilan kesishgan. 2017-yil 9-oktabrdan boshlab koʻcha qayta ulandi.

Dastlab Samarqand nomi berilgan. 1973-yil 21-maydan „Lenin prospekti“ deb atalgan. 1992-yil 7-maydan Sharof Rashidov nomi bilan yuritiladi. Mazkur koʻchasi 1870-yil Toshkentning Yangi shahar qismida tashkil topgan. Ilgari koʻchada bir qavatli turar joy binolari bulgan. XX asr boshida ilk tramvay yoʻli yotqizilgan. Mustaqillik yillari koʻchada keng qamrovli rekonstruksiya ishlari olib borildi. Tramvay izlari olinib, yoʻl kengaytirildi. Ayni paytda ikki tomonlama 3 qatordan avtotransport vositalari harakati yoʻlga qoʻyildi. 2005-yil martda koʻchaning „Turkiston“ saroyi yonidan utadigan qismi xiyobonga aylantirildi[1].

Yoʻnalishida Mustaqillik maydoni, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligining Qabullar uyi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, „Tashkent Palas“ mehmonxonasi, "Mustaqillik maydoni" metro bekati, maʼmuriy bino, „Poytaxt“ biznes markazi, „Moviy gumbazlar“ xiyoboni, Germaniya va Vetnam davlatlarining Oʻzbekistondagi elchixonalari, Yongʻindan saqlash bosh boshqarmasi, Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi, Toshkent moliya instituti, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, „Matonat“ yodgorlik majmuasi, Minor qabristoni, „Sogʻlom avlod“ jamgʻarmasi boʻlimi, dorixona, savdo shoxobchalari, „Saksoniya“ va „Shirin“ restoranlari, kafelar, koʻp qavatli turar joy binolari va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.

Sharaf Rashidov koʻchalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.