Shamol aso
"Shamol aso" (inglizcha: Wind Wand) — Yangi Zelandiya mamlakati shaharlari va Londonda yaratilgan kinetik haykal.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻp marotaba oʻtkazilgan Lay tajribalardan soʻng, 1966-yilda Torontoda boʻlib oʻtgan Xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi (inglizcha: Toronto International Sculpture Symposium — Toronto xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi) uchun birinchi „tayoqchani“ qurish imkoniyati taqdim etildi. Lekin hech qachon tuzilmani demontaj qilish imkonini beradigan texnik xusisiyatlarga moslashtirilgan tarzda qurilmadi[1]. Maʼlumki, original dizayn alyuminiy yordamida ishlab chiqilgan[2].
1999 -yil 31-dekabrda 45-metrlik aso Yangi Zelandiyaning Yangi Plimut shahridagi yangi qirgʻoqboʻyida velosiped yoʻlakchasi markaziga oʻrnatildi[3]. U boʻron paytida vayron boʻldi va qayta tiklash uchun buzib ham tashlandi. Taʼmirlashdan soʻng, Lay tugʻilgan kunining 100-yilligi munosabati bilan 2001-yil 5-iyulda yana sayr qilish markaziga oʻrnatildi. Yodgorlik fiberglas (shisha tolasi) va uglerod tolasidan yasalgan. Uning ogʻirligi taxminan 900 kg va diametri 200 mm[1]ni tashkil etadi Aso uchidagi shar 1296 LED chiroqlardan iborat boʻlib, yumshoq qizil rang taratadi[4].
2001-yilda Londonning Canary Wharf biznes mavzesida ingliz dizayneri Ron Arad gʻoyasi asosida yasalgan va Vestferri sirki ustiga 50 metrli igna — „Shamol tayoqchasi“ (inglizcha: WindwandWindwand) oʻrnatildi. Bu aso uglerod tolasidan qilingan, butun uzunligi boʻylab torayib ketadi va yuqori qismida LED chiroq mavjud[5].
2012-yil may oyida Taranaki mintaqasi hokimiyatining veb-saytida beshburchak koʻrinishidagi yangi haykalni sinovdan oʻtkazish haqida xabar paydo boʻldi. Xabarda asoda oltita tayoqcha boʻlishi ham qayd qilingandi. Maʼlum qilinishicha, tayoqchalar mavjud nusxadan ancha kichikroq boʻlgan 11 metrli beshta tayoq beshburchakning burchaklarida va 12 metrli tayoqcha markazda joylashgan boʻladi. Barcha tayoqchalar Layning asl eskizlari boʻyicha yaratilgan, yagona farq materialda boʻlib, haykalni yasash uchun faqat shisha tolasidan foydalanilgan. Bunday sanʼat inshootlari Oakland va Nyu-Plimut shaharlarida joylashtiriladi. Loyiha hozirda Waiwhakaiho daryosi vodiysida sinovdan oʻtkazilmoqda[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „wind wand“ (en). 2012-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 „New artworks set for Taranaki“ (en). 2012-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.
- ↑ „Coastal Walkway“ (en). 2012-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.
- ↑ „Wind Wand. New Plymouth. New Zealand. - Kinetic Sculpture“ (en). 2012-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.
- ↑ „Ron Arad - Windwand (2000)“ (en). 2012-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.