Oklend (shahar)
Qiyofa
Oklend – Yangi Zelandiyadagi shahar, shimoliy orolda, Oklend yarim orolni Shimoliy orolning asosiy qismi bilan bogʻlab turuvchi boʻyinda joylashgan. Aholisi 1,1 mln. kishi (2000). Tinch okeanning Xauraki qoʻltigʻidagi muhim dengiz porti, yiliga 16 mln. t yuk ortib-tushiriladi. Chetga jun, goʻsht chiqaradi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oklend (shahar) stansiyasi. Mamlakatning muhim sanoat markazi (mamlakatdagi sanoat mahsulotining 1/ 3 qismi ishlab chiqariladi). Mashinasozlik (xususan, transport, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika mashinasozligi), metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1882) sanʼat galereyasi, maoriylar sanʼati muzeyi bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |