Kontent qismiga oʻtish

Shahi Tandar operatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahi Tandar operatsiyasi
Afgʻonistondagi urush (2001—2021)ning bir qismi

Sanalar 2009-yil 7—31-yanvar
Urush yeri Afgʻonistonning Qandahor viloyati
Natija Koalitsiya gʻalabasi
Raqiblar
Koalitsiya:
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Afgʻoniston Afgʻoniston Islom Respublikasi
Kanada Kanada
Afgʻoniston Tolibon
Qoʻmondonlar
Charlie Stickland nomaʼlum
Kuchlar
700—1000 nomaʼlum
Yoʻqotishlar
2 qurbon "bir necha yuzlab qurbonlar"
(ISAF maʼlumoti)
8 asir

Shahi Tandar operatsiyasi, shuningdek, Atal operatsiyasi deb ham ataladi. Koalitsiya qoʻshinlari tomonidan Britaniyaning 42-Qirollik dengiz piyodalari qoʻmondonligi, Kanada qirollik polki, 2-batalyon 2-piyoda polki (AQSh) hamda Afgʻoniston milliy armiyasining Helmand viloyati markazida va Qandahorning Gʻarbiy Panjvayi va Gʻarbiy Jari tumanlarida 2009-yil 7-31-yanvar sanalarida amalga oshirilgan bir qator harbiy operatsiyalari edi.

2009-yil 7-9-yanvar kunlari Afgʻonistonning Qandahor shahrining Xakrez va Shoh Vali Xot tumanlaridagi Tolibonning bomba ishlab chiqaruvchi zavodlaridan biri nishonga olingan. Vertolyot va zirhli mashinalar bilan uyushtirilgan hujumda koalitsiya qoʻshinlari 6 ta katta portlovchi modda va yashirin minalarni portlatish uchun foydalaniladigan 38 ta bosim plitasini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 3000 dona oʻq-dorilar, AK47 avtomatlari, piyodalarga qarshi minalar va 22 ta granata musodara qilingan.

Koalitsiya qoʻshinlari Tolibonning sakkiz nafar bomba ishlab chiqaruvchisini qoʻlga olgani va 20 kg afyun moddasini topgani haqida xabar bergan. Ushbu miqdordagi giyohvandlik moddasi Britaniyada 130 000 funt sterlingga baholangan. Kanadalik oddiy askar 42 yoshli Brian Good operatsiya davomida bubi tuzogʻidan halok boʻlgan. 42-qoʻmondonlik qoʻmondoni podpolkovnik Charli Striklendning ta’kidlashicha, operatsiya Tolibon isyonchilariga „jiddiy zarba bergan“.

Yana bir operatsiyada Afgʻoniston milliy armiyasining 700 ga yaqin askarlari hamda Britaniya, Daniya va Kanada kuchlari Lashkar-Gar shimolidagi Spin masjidi yaqinida joylashgan Tolibon qarorgohini tozalagan. 10 kunlik jangda koalitsiya „yuzlab“ Tolibon isyonchilarini oʻldirgani yoki quvib chiqarganini, bir necha Tolibon yetakchilarini oʻldirganini va 15 ta qoʻlbola portlovchi moslamani zararsizlantirganini daʼvo qilgan. Bir britaniyalik askar, 1-oʻqchi batalyonining kaprali Denni Nild Afgʻoniston milliy armiyasi askari tomonidan otilgan granatadan oʻldirilgan boʻlishi mumkin[1]. Britaniya kuchlari tarkibiga oʻqchilardan tashqari 24 komando qirollik muhandislari guruhi kirgan.

  1. Evans, Michael. „British soldier was killed in Afghanistan by friendly fire“. The Times (2-fevral 2009-yil). Qaraldi: 20-may 2010-yil.[sayt ishlamaydi]