Sayyid otaliq
Sayyid otaliq yuz | |
---|---|
chigʻatoycha: سید اتالیق | |
Hisor viloyati hokimi | |
Hukmdor |
Amir Shohmurod (1785—1810) Amir Haydar (1810—1825) |
Oʻtmishdoshi | Ollohberdi tos |
Otaliq | |
Hukmdor | Amir Shohmurod (1785—1810) |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
XVIII asrning 2-yarmi[1][2] Buxoro xonligi |
Vafoti |
XIX asrning 1-yarmi[1][2] Buxoro amirligi |
Fuqaroligi |
![]() |
Sayyid (Said) otaliq yuz (chigʻatoycha: سید اتالیق) — oʻzbek davlat va harbiy arbobi. Shoʻrolar inqilobiga qadar Sharqiy Buxoroning ijtimoiy hayoti va davlat boshqaruvida yetakchi oʻrin tutgan yuz oʻzbek qavmining ulugʻ kishilaridan boʻlgan . Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Mangʻitlar oʻzbek sulolasi saroyiga yaqin shaxslardan boʻlgan .
U Amir Shohmurod (1741–1800) davrida valiahd shahzoda Haydarga otaliq maqomiga, Hisor viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan. Sayyid otaliq koʻp yillar ushbu mansabda xizmat qilib, Hisor va Chagʻoniyon viloyatini Denovda turib boshqargan. Ishonchli kishilaridan va koʻpni koʻrgan tajribali lashkarboshilaridan biri boʻlgani tufayli oliy hukmdor unga oʻgʻli va qoʻshinini ishonib topshirgan, Sayyid otaliq bilan quda tutingan .
Denov shahrida hozirgacha saqlanib qolgan va XVI asrda Xo‘ja Alouddin Attorga atab bunyod etilgan, deb qaraladigan Said otaliq madrasasi Sayyid otaliq mablagʻlari evaziga XIX asr boshlarida bunyod etilgani aniqlangan .
Manbalarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyid otaliq toʻgʻrisida manbalarda maʼlumotlar unchalik koʻp emas. U haqida oʻzbek olimi Abdusattor Jumanazarning „Vaxshuvor“ va „Qoratosh“ kitoblarida batafsilroq naql qilingan. Ularda yozilishicha, Sayyid otaliq nomi Muhammad Mir Olim an-Nasafiy al-Buxoriyning „Fathnomai sultoniy“ va Sadri Ziyoning „Silsilai salotini mangʻitiya“ asarlarida uchraydi. Olim bu asarlarning birinchisida „Satrlar, qisqagina boʻlsada, uning hayotini ancha ochib beradigan xususiyatga ega edi“ — deb, ikkinchisida esa, Sayyid otaliq nomi Amir Haydar (1810—1825) davridagi „amirlar va davlat aʼyonlari qatorida koʻrsatilgan“ — deb yozadi[3][4].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyid otaliq yuz oʻzbek qavmining ulugʻ kishilaridan boʻlgan. Marqa yuzlar shoʻrolar inqilobiga qadar Sharqiy Buxoroning ijtimoiy hayoti va davlat boshqaruvida yetakchi oʻrin tutgan qavmlardan biri boʻlgan[1][2].
Siyosiy va harbiy ishlarda qoʻshgan hissasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyid otaliq, tarixda „Amiri Maʼsum“ („Begunoh amir“) nomi bilan mashhur boʻlgan Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurodning (1741–1800) ishonchli kishilaridan va koʻpni koʻrgan tajribali lashkarboshilaridan biri boʻlgan. Oliy hukmdor Sayyid otaliqni toʻngʻich oʻgʻli va valiahd shahzoda Haydarga otaliq mansabiga tayinlagan; uning qizini shahzoda Haydarga olib berib otaliq bilan quda tutingan[3][2].
XVIII asr oxirlarida Sayyid otaliq Denov uchun boʻlib oʻtgan qattiq qonli toʻqnashuvda Hisor viloyatining isyonchi hokimi Ollohberdi tosga qarshi yuborilgan qoʻshinga amalda lashkarboshilik qilgan. Qoʻshinning rasmiy boshligʻi sifatida shahzoda Haydar tayinlangan. Qoʻzgʻolonchi butkul tor-mor etilib, boshi tanasidan judo etilganidan soʻng, Sayyid otaliq Ollohberdi tos oʻrniga Hisor viloyati hokimi etib tayinlangan. U koʻp yillar ushbu mansabda xizmat qilib, Hisor va Chagʻoniyon viloyatini Denovda turib boshqargan[3][5].
Bunyodkorlik ishlaridagi hissasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Denov shahrida hozirgacha saqlanib qolgan Said otaliq madrasasi XVI asrda Xo‘ja Alouddin Attorga atab bunyod etilgan, deb qaraladi. Oʻzbek olimi Abdusattor Jumanazarning tadqiqotlari natijasiga koʻra, ushbu ilm dargohini Amir Haydarning qaynotasi Sayyid otaliq XIX asr boshlarida qurdirgani aniqlangan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Jumanazar 2015, s. 244.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Jumanazar 2022, s. 217.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Jumanazar 2015, s. 243.
- ↑ Jumanazar 2022, s. 215–216.
- ↑ Jumanazar 2022, s. 216.
- ↑ Jumanazar, Abdusattor „Oltin zinalar“. yoshlikjurnali.uz (2018-yil 26-iyul). Qaraldi: 2025-yil 6-fevral.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A. K. Vaxshuvor. Toshkent: Akademnashr, 2015 — 256-bet. ISBN 978-9943-985-50-6.
- Jumanazar A. K. Qoratosh. Toshkent: Akademnashr, 2022 — 512-bet. ISBN 978-9943-8188-7-3.