Sayyid Ahmadxoja madrasasi
Madrasa | |
Sayyid Ahmadxoja madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Sayyid Ahmadxoja |
Homiylar | Sayyid Ahmadxoja |
Binokorlik | 1637—1638-yilar—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Sayyid Ahmadxoja madrasasi — Samarqand madrasasi. Sayyid Ahmadxoja madrasasi Samarqandda 1637—1638-yilarda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Imomqulixon hukronligi davrida Sayyid Ahmadxoja tomonidan bunyod etilgan. Madrasa Shayboniyxon madrasasining janub tomonida boʻlgan. Madrasa bunyodkorining qabri ham madrasa ichkarisida boʻlgan. Dargoh baʼzi manbalarda Turba madrasasi sifatida ham atalgan. Madrasa tarkibida masjid ham boʻlgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa Sayyid Makkiyxoja madrasasi nomi bilan ham atalgan. XVII asr boshlarida Sayyid Ahmadxoja ilm toliblar uchun madrasa qurdirishni boshlagan ammo qurilish tugallanmay u vafot etgan. Ushbu qurilishni Sayyid Makkiyxoja davom ettiradi. Madrasa Abu Tohirxojaning Samariya asarida hijriy 1047-yil emas balki, 1027-yil (1618) qurib bitkazilgan. Sayyid Makkiyxoja 1618-yil aprelda madrasa uchun vaqf mulklari ajratgan. Mazkur madrasa Muhammad Shayboniyxon madrasasi qarshisida, Chorsu yaqinida pishiq gʻishtdan ikki qavat qilib bunyod etilgan[1]. Madrasa bitta darsxona, masjid salovatxonalar uchun alohida xonalari boʻlgan. Madrasada bir nafar mudarris taʼlim bergan. Ashtarxoniy hukmdor Abulfayxon davrida madrasa xaroba holga kelib qolgan. Mazkur madrasa sovet davrida buzib yuborilgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyid Ahmadxoja madrasasi ikki qavatdan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.