Sayyid Ahmadxoja
Qiyofa
Sayyid Ahmadxoja – Buxorolik biograf, sayyoh. 1795-96 yili tug‘ilgan. Dastlab amir Haydar davrida, keyinchalik, uning o‘g‘li va taxt vorisi Nasrulloxon (1826-1860) xonligida shu naqib lavozimida xizmat qilgan. Bir muddat Nurota tumaniga hokimlik qilgan. 1850 yil Arabistonga haj safariga borgan. Sayyid Ahmadxoja naqib safari davomida “Sayohatnoma” asarini yozadi. Asar Xiva xonligi, Eron va Turkiya kabi qo‘shni davlatlarning XIX asr o‘rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar bor. “Sayohatnoma”ning qo‘lyozma nusxasi O‘zFA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Axmedov B. “O‘zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari”. – Toshkent. “Cho‘lpon”. – 2003.