Sarixon
Sarixon | |
---|---|
Baljuvon bekligi beki | |
Mansab davri 1868 – 1870 | |
Vorisi | Umar Xon |
Koʻlob bekligi beki | |
Mansab davri XIX asrning 60-yillari boshlari – 1868-yil | |
Oʻtmishdoshi | Ismoil Sha |
Vorisi | Umar Xon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Koʻlob Buxoro amirligi |
Dini | Sunniy islom |
Sari-xon, Sari-bek (oʻzbekcha: Sarixon / Saribek tojikcha: Сарихон / Сарибек) – Buxoro amirligidagi Koʻlob va Boljuan beklaridan boʻlgan bek, oʻzbek urugʻining Qatagʻon vakili hisoblanadi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sarixon asli koʻloblik oʻzbek Qatagʻon urugʻi[1] vakili edi.
Sharqiy Buxoroda bek
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sarixon zukko va ayyor boʻlib, oʻn yilga yaqin Sharqiy Buxoroning Koʻlob va Baldjuan beklarini boshqarib, bu beklarni Buxoro amirligidan ajratish uchun kurashdi[1][2].
Sarixon yuqori lavozimga koʻtarilgandan soʻng, 1863-yilda u bilan Darvoz hukmdori Ismoil Sho oʻrtasida shiddatli toʻqnashuv boʻlib, buning natijasida Darvazliklar Koʻlob, Hisor va Qorateginga[1] boʻlgan taʼsirini yoʻqotdilar. Sarixon 1865-yilda Buxoro amirligidan vaqtincha ajralib chiqqan Hisor beklari bilan ittifoq tuzgan vabuxorolik qoʻshinlardan yengilgan. Keyinchalik Buxoro amiri tomonidan kechirilib, Koʻlobga hokimi sifatida qoldirilgan[2].
Buxoro amirligi rus qoʻshinlari bilan boʻlib oʻtgan janglarda magʻlubiyatga uchragan dastlabki kunlardanoq Sarixon Regar, Hisor va Kitob-Shahrisabz beklari yordami bilan Buxoro bilan aloqalarini uzib, oʻzlarini mustaqil eʼlon qildilar[1].
Buxoro amirining toʻngʻich oʻgʻli Sayyid Abdulmalik qoʻzgʻolon ko'targan darvrda unga Sarixon ham qoʻshilgan[2]. Sarixon Sharqiy Buxoroning barcha hukmdorlari (Beklari) orasida eng shafqatsiz va qattiq zolimi edi. Maqsadlariga erishish yoʻlida, Sharqiy Buxoroni oʻz taʼsiriga boʻysundirib, bu hududda yetakchilikka daʼvo qilgan oʻndan ortiq raqiblarini yoʻq qilgan. Ammo shunga qaramay, Sharqiy Buxoro beklarining XIX asrning 60-yillarida Buxoro amirligidan ajralib chiqishga soʻnggi urinishlaridan soʻng ularni markazlashtirishda katta rol oʻynagan[1]. U Abdulmalikka tayanib, Sharqiy Buxoro viloyatlarini oʻz rahbarligida birlashtirib, Hisor va Qorategin beklari hisobiga oʻz taʼsirini kengaytirishga harakat qilgan[1]. U Sharqiy Buxorodagi barcha norozi xalqni Buxoro amiriga qarshi birlashtirib, qo'shin toʻplashga harakat qilgan. Buning uchun uning asosiy tayanchi oʻzbek urugʻlaridan boʻlgan qatagʻonlar va laqaylardan iborat feodal zodagonlari edi. Oʻsha paytda Qoʻrgʻon-tepa va Kabodiyon bekliklari ham, umuman, Vaxsh va Kofirnigon daryolarining quyi oqimi boʻylab joylashgan butun hudud ham unga boʻysungan[1]. Sari-bek eng avvalo oʻzining yaqin safdoshlariga gʻamxoʻrlik qilgan[1].
Sarixon Hisor beklariga kichikroq mulklarga hujum uyushtirishda yordam bergan va Qorategin beklari bilan birgalikda Muzaffarxon bilan harbiy ittifoq tuzib, Buxoro amiriga qarshi birgalikda kurash olib borishni rejalashtirgan[1]. U baʼzan Chor-viloyat (Afgʻon Turkistoni)ning ichki ishlariga ham faol aralashib, uning ayrim hukmdorlariga yordam koʻrsatgan[1]. Bulardan tashqari u oʻzining ikki ming kishilik qoʻshinini jihozlab, Afgʻonistonning chegaradosh viloyatlaridagi aholi hududlariga hujum qilgan[1].
1869-yilda Sarixon boshchiligidagi Koʻlob feodallari Qorategin Muzaffarxonning Buxoro amiriga[1] yoʻllagan maxfiy xatini topib, toʻsatdan Qorateginga hujum qila boshlaydilar. Biroq Sarixon qoʻshinlari bu yerda uzoq vaqt qolishi shart emas edi, chunki oʻsha davrda Buxoro qoʻshinlari uning mol-mulkiga hujum qila boshlagan edi[1].
Sarixon yangi Denov beki Ulugʻbek bilan birgalikda 1869-yil boshida „aholini soliqlardan ozod qilish“ demagogik shiori ostida Hisor vodiysi aholisini Buxoro amirining bostirib kelayotgan qoʻshinlariga qarshi bosh koʻtarishga harakat qilgan[1].
Buxoro qoʻshinlariga qarshilik koʻsatishga oʻzida kuch topa olmagan Hisor feodallarining bir qismi asta-sekin amir tarafiga, bir qismi esa Sarixon tarafiga oʻtadi. Buxoro amiri bir qancha bekliklarni bosib olgandan soʻng, bu mulk beklari oʻz tarafdorlari bilan ittifoqdoshi Sarixon huzuriga yashiringan edi. Biroq ikkinchisi oʻz qoʻl ostidagi beklarga Buxoro qoʻshinining hujumini oldindan sezib, oʻz mavqeini saqlab qolmoqchi boʻlib, bu eng koʻzga koʻringan feodal vakillarini beklar bilan birgalikda hibsga olib, ularni barchasini Buxoro amiriga topshiradi. Sarixon tomonidan chiqarilgan yigirmadan ziyod beklar va amaldorlarni Derbentda qatl etildi. Ammo shundan keyin ham amir Sharqiy Buxorodagi mulklarini toʻliq qayta boʻysundirishga erisha olmadi[1].
19-asrning 70-yillarida amir tomonidan bosib olingandan soʻng togʻ mulklarining koʻp qismi Sarixon Afgʻonistonga qochib ketdi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Iskandarov B. I. I // Vostochnaya Buxara i Pamir vo vtoroy polovine XIX v. / Radjabov S. A.. – Dushanbe : AN Tadjikskoy SSR, 1962. – 357 p.
- Iskandarov B. I. II // Vostochnaya Buxara i Pamir vo vtoroy polovine XIX v. / Radjabov S. A.. – Dushanbe : AN Tadjikskoy SSR, 1963. – 352 p.