Kontent qismiga oʻtish

Sariq sassiqko‘zan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sariq sassiqko‘zan
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Suvsarlar
Urugʻ: Mustela
Binar nomi
Mustela eversmanii


Sariq sassiqkoʻzan (lot. Mustela eversmanii) – suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon.

Markaziy Osiyoda yashaydigan suvsarlarning bir turi hisoblanadi. Keng tarqalgani, bir qator qoʻriqlanadigan hududlarda uchraydiganligi va yashash muhiti oʻzgarishiga sabrliligi tufayli u Qizil kitobga eng kam xavf ostidagai hayvonlar qatoriga kiritilgan[1]. U odatda och sargʻish rangga ega boʻlib, oyoq-qoʻllari qoramtir va yuzida qora qashqasi bor[2]. Oʻzining qarindoshi boʻlmish yevropada tarqalgan sassiqkoʻzanga nisbatan kattaligi jihatidan kattaroq va bosh suyagi ancha mustahkam tuzilgan[2].

Sariq sassiqkoʻzan koʻchmanchi hayvon boʻlib. Oʻljasi, asosan, yersichqonlari qirib bitirmaguncha, odatda, faqat bir hududda yashashadi. U martdan maygacha juftlashadi va odatda ikki yoshda voyaga yetadi, umri davomida uch martadan oltita martagacha tugʻadi[2].

Sariq sassiqkoʻzanlar tashqi tuzulishi jihatdan nisbatan Yevropadagi turlariga juda yaqin, ammo uning tanasi qisqaroq va tuklari ancha uzunroq hisoblanadi. Dumi qisqa boʻlib, tanasi uzunligining uchdan bir qismini tashkil qiladi[3]. Uning toʻrt juft soʻrgʻichlari va yaxshi rivojlangan anal bezlari bor, ular oʻzini himoya qilish uchun purkaladigan oʻtkir sassoq hidli suyuqlik hosil qiladi[2]. Erkaklarining tana uzunligi oʻrtacha 320 mm dan 562 mm gacha boʻladi, urgʻochilar esa oʻrtacha 290 mm dan 520 mm gacha boʻlishadi. Erkaklarning dumi uzunligi 80—183 mm, urgʻochilar uchun 290—520 mm ni tashkil qiladi. Vazni esa erkaklariniki 2,0 kg gacha, urgʻochilar esa 1,4 kg gacha boʻlishi mumkin.

Tekisliklarda tabiatan kam sonli, togʻ yonbagʻirlaridagi yashash joylarida juda kamyob. Hozirgi vaqtda tarixiy arealning 60% dan ortigʻi qishloq xoʻjaligi maqsadida oʻzlashtirib boʻlingan, tur faqatgina oʻzlashtirilmagan tuproqli choʻl va togʻ yonbagʻirlarida saqlanib qolgan. Uzoq muddatli qish paytida tur soni koʻp jihatdan ozuqa bazasi – kemiruvchilar soniga bogʻliq[4].

Sariq sassiqkoʻzan gʻarbda Yevropadan tortib janubiy Rossiya, shimoliy Gruziya, Qozogʻiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston orqali Moʻgʻuliston va gʻarbiy Xitoygacha tarqalgan[1]. 2014-yilda u Nepalning Annapurna qoʻriqxonasi hududida 5050 m balandlikda qayd etilgan[5].

Oʻzbekistonda tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustyurt (Qoraqalpogʻiston), Qizilqum sahrosi, Mirzachoʻl (Jizzax) va Qarshi choʻli (Qashqadaryo), Zarafshon daryosining vodiysi, Amudaryo va Sirdaryo, Buxoro va Samarqand vohasida tarqalgan[4].

  1. 1,0 1,1 „Maran, T.; Skumatov, D.; Abramov, A.V. & Kranz, A. (2016). "Mustela eversmanii"“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Mammals of the Soviet Union. Vol. II, part 1b, Carnivores (Mustelidae and Procyonidae).“.
  3. Kurtén, B. (1968). Pleistocene mammals of Europe. Weidenfeld and Nicolson.
  4. 4,0 4,1 „O'zbekiston respublikаsining qizil kitobi 2 Jild“.
  5. Chetri, M.; Odden, M.; McCarthy, T. & Wegge, P. (2014). „First record of Steppe Polecat Mustela eversmanii in Nepal“. Small Carnivore Conservation. 51: 79–81.