Sanobar Nosirova
Sanobar Nosirova | |
---|---|
Bo‘ston tumani hokimi | |
Mansab davri 2021-yil avgustdan – hozirga qadar | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1970-yil Qo‘rg‘ontepa tumani |
Millati | o‘zbek |
Siyosiy partiyasi | O‘zlidep |
Taʼlim | Andijon paxtachilik instituti |
Mukofotlari | "Shuhrat" medali |
Sanobar Nosirova (1970, Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2021-yil 24-avgustdan buyon Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanobarxon Nosirova 1970-yilda Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini (ayni paytda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti), 2005-yilda esa Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini (ayni paytda Andijon mashinasozlik instituti) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-yili Qoʻrgʻontepa tumani Savoy qishloq xoʻjalik texnikumi oʻqituvchiligidan boshlagan.
Turli yillarda „Gʻallabank“ning Qoʻrgʻontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida va Qoʻrgʻontepa tumani „Buyuk turon invest“ kredit uyushmasining ijrosi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
2016 yildan tayinlovga qadar Qoʻrgʻontepa tumani „El rizqi non“ mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari boʻlgan.
Xalq deputatlari Boʻston tumani kengashining 2021-yil 24-avgustdagi navbatdan tashqari sessiyasida Sanobarxon Nosirova 2021-yil 31-iyul kuni ogʻir xastalikdan vafot etgan sobiq tuman hokimi Sadbarxon Mamitova oʻrniga hokim etib tayinlangan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"Bo‘ston tumaniga tadbirkor ayol hokim etib tayinlandi“ (2024-yil 24-avgust).
- ↑ „"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (2024-yil 24-avgust).