Kontent qismiga oʻtish

Samu Omorodion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samu Omorodion
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Samuel Omorodion Aghehowa[1]
Tavallud sanasi 5-may 2004-yil (2004-05-05) (20 yosh)
Tavallud joyi Melilla, Ispaniya
Boʻyi 1.93 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atlético Madrid
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sevilla
2015–2021 Nervión
2021–2022 Granada
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022–2023 Granada B 32 (14)
2023 Granada 1 (1)
2023– Atlético Madrid 0 (0)
2023–2024Alavés (ijara) 34 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-may uchun)

Samuel „Samu“ Omorodion Aghehowa (2004-yil 5-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing Atlético Madrid klubi hujumchisi.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ota-onasi nigeriyalik boʻlgan Omorodion Ispaniyaning Melilla shahrida tugʻilgan[2][3]. U yoshlik chogʻlaridayoq oilasi bilan Sevilla shahriga koʻchib oʻtgan[2]. Dastlab mahalliy AD Nervión klubida toʻp surgan futbolchi keyinchalik 2021-yildan boshlab faoliyatini Granada jamoasining yoshlar akademiyasida davom ettiradi[4].

2022-yilning 6-martida Omorodion Granada klubining zaxira jamoasi Recreativo Granada safida Marchamalo klubiga qarshi bahsa debyut qilgan[5]. 25-sentabr kungi El Ejido bilan bahsda oʻz hisobiga faoliyatidagi ilk golni yozdirib qoʻygan[6].

2023-yilning 20-aprelida Omorodion „Nazaríes“ bilan shartnomasini 2028-yilga qadar uzaytirdi[3][7]. 2022-2023-yilgi mavsum davomida Granada B jamoasi safida 18 ta gol urgan hujumchi La Liga va Preymer-liganing turli klublarida qiziqish uygʻota boshlagan[8][3].

2023-yilning 14-avgustida Omorodiona asosiy jamoa bilan La Ligadagi debyutini amalga oshirgan. Atlético Madrid klubiga qarshi uchrashuvda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga ham aylangan, shunga qaramasdan oʻyin soʻnggida oʻtkazib yuborilgan gollar tufayli jamoasi 3-1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[9][10].

Atlético Madrid

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning 21-avgustida Omorodion rasman Atlético Madrid klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi[11][12].

Deportivo Alavés (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsha yilning 26-avgustida Omorodion Ispaniyaning boshqa bir klubi Deportivo Alavés bilan mavsum yakuniga qadar moʻljallangan ijara shartnoma imzoladi[13][14]. 2023-2024-yilgi mavsumda u La Ligada 8 ta gol urgan holda jamoasining toʻpurariga aylandi[15].

Terma jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omorodion ham Ispaniya, ham Nigeriya terma jamoalari uchun oʻynash huquqiga ega[16].

2023-yil aprel oyida Omorodion Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi[3][17][18]. Oʻsha yilning iyul oyida u Maltada boʻlib oʻtgan 2023-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi[8][19].

2024-yil 26-may holatiga koʻra[20]
Klub Mavsum Liga Copa del Rey Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Recreativo Granada 2021-2022 Segunda División RFEF 3 0 3 0
2022-2023 Segunda Federación 29 14 4 4 33 18
Umumiy 32 14 4 4 36 18
Granada 2023–2024 La Liga 1 1 1 1
Atlético Madrid 2023-2024 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Alavés (ijara) 2023–2024 La Liga 34 8 1 0 35 8
Umumiy 67 23 1 0 0 0 4 4 72 27

Shaxsiy

  • La Liga oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2023–2024-yilgi mavsum fevral (Álex Sola bilan)[21]
  1. „Men's Olympic Football Tournament Paris 2024 – Squad List: Spain (ESP)“. FIFA. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  2. 2,0 2,1 „Samu, el joven goleador al que el Granada quiere atar en corto“ [Samu, the young goalscorer whom Granada want to tie up] (es). Ideal (2023-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Cariño, Carlos „Myrto Uzuni y Samu Omorodion, patrimonio del Granada“ (es-ES). Diario AS (2023-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  4. „Samu, del Nervión a sensación de Segunda Federación“ [Samu, from Nervión to the sensation of Segunda Federación] (es). Mucho Deporte (2023-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  5. „Al Recreativo Granada le ciegan los focos“ [The fireworks blind Recreativo Granada's eyes] (es). Granada Hoy (2022-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  6. „Samu mantiene al Recreativo Granada invicto“ [Samu keeps Recreativo Granada unbeaten] (es). Granada Hoy (2022-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  7. „Comunicación Oficial: Renovación de Samu“ [Official announcement : Renewal of Samu] (es). Granada CF (2023-yil 20-aprel). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  8. 8,0 8,1 Pérez, Guillermo „Samu, la ganga del Granada que enamora en la Premier“ (es-ES). Diario AS (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  9. „Samu, el futuro ya está aquí“ [Samu, the future is already here] (es). Marca (2023-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  10. Moñino, Ladislao J. „El Atlético arranca con pegada de líder“ (es-ES). El País (2023-yil 15-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  11. „¡Bienvenido, Samu Omorodion!“ [Welcome, Samu Omorodion!] (es-ES). Club Atlético de Madrid (2023-yil 21-avgust). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  12. Cazón, Patricia „Oficial: Samu Omorodion ya es del Atlético de Madrid hasta 2028“ [Official: Samu Omorodion is of Atlético de Madrid until 2028] (es-ES). Diario AS (2023-yil 21-avgust). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  13. „Samu Omorodion, explosividad para el ataque albiazul“ (es-ES). Deportivo Alavés (2023-yil 26-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  14. Lekuona, Javier „Omorodion llega cedido hasta final de temporada“ (es-ES). Diario AS (2023-yil 26-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  15. Sharma, Abhinav „La Liga top scorers 2023-24: Jude Bellingham, Robert Lewandowski & players with the most goals in Spain this season“. Goal.com (2024-yil 27-may).
  16. „Spain looking to provisionally cap-tie Nigeria-eligible striker who scored 18 goals last season“. All Nigeria Soccer (2023-yil 2-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  17. „Samu Omorodion, convocado con España sub-19“ [Samu Omorodion, called up with Spain under-19s] (es). Granada CF (2023-yil 25-aprel). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  18. „Samu Omorodion, convocado con España sub-19“ [Samu Omorodion, called up with Spain under-19s] (es). Granada CF (2023-yil 25-aprel). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  19. „OFICIAL | ¡Lista definitiva! 20 jugadores representarán a España en el Europeo de Malta“ (es-ES). Spanish Football Federation (2023-yil 1-iyul). Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  20. „Samu“. Soccerway. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  21. „Alex Sola and Samu Omorodion win the LALIGA EA SPORTS Best Play for February“. La Liga (2024-yil 29-fevral). Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.