Sammit
Sammit — davlat yoki hukumat rahbarlarining biror bir mavzu muhokamasi uchun tashkillashtirilgan, ommaviy axborot vositalarining keng taʼsiri, yuqori xavfsizlik va oldindan kelishilgan kun tartibi asosida kechuvchi xalqaro uchrashuv. Franklin D. Roosevelt, Winston Churchill va Iosif Stalinlarning Ikkinchi Jahon urushi davridagi yigʻilishlari muhim sammitlar tarkibiga kiradi. Biroq, sammit atamasi Geneva sammiti (1955) gacha bunday uchrashuvlar uchun keng qoʻllanilmagan[1]. Sovuq urush davrida Amerika prezidentlari sovet yoki xitoylik hamkasblari bilan yakkama-yakka uchrashuvlar oʻtkazishganida, ommaviy axborot vositalari bu voqeani „sammit“ deb atashgan. Sovuq urushdan keyingi davr „sammit“ tadbirlari sonining koʻpayishiga olib keldi. Hozirgi kunda xalqaro sammitlar global boshqaruvning eng keng tarqalgan ifodasidir[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Grenville, John Ashley Soames. Major International Treaties of the Twentieth Century: A History and Guide with Texts, 2001. ISBN 9780415141253.
- ↑ „Global Governance Breakthrough: The G20 Summit and the Future Agenda“ (2001-yil 30-noyabr).