Samarqand bulvari (Moskva)
Qiyofa
Samarqand bulvari yoki Samarkandskiy bulvar (ruscha: Самаркандский бульвар) — Rossiya poytaxti Moskva shahrining janubi-sharqiy maʼmuriy okrugidagi Vixino-Julebino tumanida joylashgan bulvar-koʻcha.
Parallel ravishda MXY (MKAD) yonida joylashgan. Ryazan va Volgograd shoh koʻchalarini bogʻlab turadi. Bulvarning oʻng tomonida Toshkent tor koʻchasi joylashgan. Moskvadagi ushbu bulvar Oʻzbekistondagi Samarqand shahri sharafiga nomlangan. Bundan tashqari ushbu tumanda oʻzbek shaharlari va joylari haqida koʻchalar bor. Bular: Toshkent koʻchasi, Toshkent tor koʻchasi, Fargʻona koʻchasi va Fargʻona tor yoʻli.