Sahnun
Sahnun ibn Said ibn Habib at-Tanuxiy (arabcha: سحنون بن سعيد بن حبيب التنوخي) (taxminan 776/77 – 854/55) (hijriy 160 – 240) – molikiy mazhabining faqihi. Hozirgi Tunisdagi Qayravon shahridan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asl ismi Abdusalom ibn Said ibn Habib (عبد السلام بن سعيد بن حبيب) boʻlgan. „Sahnun“ (qushlarning bir turi) laqabini zehni oʻtkirligi uchun olgan[1]. U arab oilada tugʻilgan. Otasi hozirgi Suriyaning himslik askar boʻlgan[1][2]. Sahnun Tanux qabilasidan[3]. Sahnun yoshligida Qayravon va Tunis olimlaridan tahsil olgan. Xususan, Tripolitanlik olim Ali ibn Ziyoddan, Imom Molikdan[4]. Hijriy 178-yilda Molikning boshqa shogirdlaridan taʼlim olish uchun Misrga safar qilgan, biroq Sahnun ularga yetib borish uchun moliyaviy imkoniyatga ega boʻlmasidan oldin ular vafot etgan. Keyinchalik Madinaga borib, boshqa mashhur olimlardan taʼlim olgan va hijriy 191-yilda Shimoliy Afrikaga qaytib kelgan[4]. Qozilik lavozimini qabul qilgach, qizi Xadichaga: „Bugun otang pichoqsiz oʻldirildi“ degani aytiladi[5]. U oʻz hukmlarida sinchkov, daʼvogarlar va guvohlarga nisbatan xushmuomala, ammo amirning atrofidagilarga nisbatan qattiqqoʻl boʻlgan; u sudda ularning nomidan vakillar yuborishga ruxsat bermagan va amirning noqonuniy ishlarga aralashmaslik haqidagi iltimosini rad etgan[5]. Sahnunning oʻgʻli Muhammad ibn Sahnun ham taniqli faqih boʻlib, u „Navozil as-salot min devon Muhammad ibn Sahnun“ nomli navozillar toʻplamini tuzgan[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 V. Minorsky, First Encyclopaedia of Islam: 1913-1936, pp 64–65.
- ↑ hopley, russell (2011-01-01), Akyeampong, Emmanuel K.; Gates (muh.), „Sahnun, Abu Said al-Tanukhi“, Dictionary of African Biography (inglizcha), Oxford University Press, doi:10.1093/acref/9780195382075.001.0001, ISBN 978-0-19-538207-5, qaraldi: 2024-03-08
- ↑ Powers, David. Islamic Legal Thought: A Compendium of Muslim Jurists (en). BRILL, 2013-09-25. ISBN 978-90-04-25588-3.
- ↑ 4,0 4,1 V. Minorsky, First Encyclopaedia of Islam: 1913-1936, pp 64–65.
- ↑ 5,0 5,1 V. Minorsky, First Encyclopaedia of Islam: 1913-1936, pp 64–65.
- ↑ Ed., 'Nāzila', in P. Bearman (ed.), Encyclopaedia of Islam New Edition Online (EI-2 English). Brill . (2012). https://doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_5873.