Sahih
Qiyofa
Sahih (arab. — toʻgʻri, chin, sogʻlom) — eng ishonchli deb hisoblangan hadis toʻplamlarining nomi. Muhaddislar hadislarni haqiqiy va nohaqiqiyga ajratish (yaʼni, kodifikatsiya qilish) bilan shugʻullanib, isnodni tekshirish yoʻli bilan S. (ishonchli), hasan (yaxshi) va daif (zaif, kuchsiz)dan iborat 3 toifaga boʻlganlar, ulardan asosan S.larini toʻplashga intilganlar. Shu munosabat bilan baʼzi toʻplamlarning nomi ham S. deb atalgan (mas, "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Termiziy"). [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |