Kontent qismiga oʻtish

Sabina Boboqulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sabina Boboqulova
Statistikasi
Vazn toifasi -50 kg
Vazni ~46 kg
Millati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Murabbiyi Ulug‘bek Baratov
Tavalludi 29-iyul 2003-yil (2003-07-29) (21 yosh)
Olot tumani, Buxoro viloyati Oʻzbekiston

Sabina Komiljon qizi Boboqulova (29-iyul, 2003-yil; Olot tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik professional bokschi. Xalqaro toifadagi sport ustasi[1]. 2024-yil Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

2019-yildan boshlab Ulugʻbek Baratov murabbiyligida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

Sabinaning hisobida 26 ta gʻalaba bor, ulardan 3 tasi nokaut bilan gʻalaba boʻlgan, shuningdek, atigi 5 ta magʻlubiyat[2].

2019-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻalaba qozongan. 2021-yilda Boboqulova Dubayda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[1].

2022-yilda Toshkentda va 2023-yilda Bangkokda 50 kg gacha boʻlgan vazn toifasida U22 yosh toifasidagi musobaqaarda qatnashib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

2024-yil mart oyida Italiyada boʻlib oʻtgan jahon miqyosidagi litsenzion musobaqada qatnashgan. Uning birinchi jangi 2024-yil 8-mart kuni Busto Arsizio shahrida boʻlib oʻtdi va uning birinchi raqibi singapurlik Danisha Mathialagan edi. Albatta, hamyurtimiz uni magʻlub etib, keyingi bosqichga otdi[2].

Sabinaning navbatdagi jangi 2024-yil 10-martda irlandiyalik Daina Moorehouse-ga qarshi boʻlib oʻtdi. Sabina uni magʻlub etib, chorak finalga chiqdi[2].

2024-yil 11-martda boʻlib oʻtgan chorak finalda yaponiyalik Rinka Kinoshitaga qarshi chiqdi. Sabina uni magʻlub etib 2024-yilgi olimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan[2][3][4].

2024-yil 1-avgustda Sabina Boboqulovaning yozgi Olimpiya oʻyinlarida birinchi jangi boʻlib oʻtdi. Ushbu jang tailandlik Chuthamat Raksatga qarshi edi. Afsuski, yurtdoshimiz 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi va shu bilan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishdan mahrum boʻldi[2][5][6].

  1. 1,0 1,1 „Sabina Boboqulova“. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Sabina Bobokulova BoxRec“. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
  3. „Sabina Boboqulova Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!“. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  4. „Bokschimiz Sabina Boboqulova Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi“. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  5. „Parij—2024. Sabina Boboqulova musobaqani yakunladi“. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
  6. [https://olympics.com/en/paris-2024/results/boxing/women-s-50kg/8fnl000200-- „BOXING - WOMEN'S 50KG - PRELIMINARIES - ROUND OF 16 BOBOKULOVA SABINA VS RAKSAT CHUTHAMAT RESULTS“]. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.