Süleyman Paşa II
Süleyman Paşa II | |
---|---|
turkcha: Süleyman Paşa II' | |
Candaroğulları beki | |
Saltanat | 1385-1392 |
Oʻtmishdoshi | Kötürüm Bâyezid |
Davomchisi | İsfendiyar Bey |
Tugʻilishi | XIV asr |
Vafoti |
1392-yil Sinop |
Turmush oʻrtogʻi | Sultan Hatun |
Uy | Candaroğulları |
Otasi | Kötürüm Bâyezid |
Dini | Sunni Islom |
Süleyman Paşa II yoki Süleyman Bey II (turkcha: II. Süleyman Paşa) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining beki boʻlib, u ushbu beklikni 1385-1392-yillar orasida boshqargan[1][2][3].
Beklikning vaziyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmonlilar imperiyasi bilan yaxshi siyosiy aloqalar oʻrnatgan Boyazid, taxt vorisi sifatida Iskenderni eʼlon qilgan edi. Taxtga daʼvogar Suleyman oʻz ukasi Iskandarni oʻldirdi. Boyazid esa oʻch olish ilinjida Sulaymonning singlisi va bolalarini oʻldirdi[4].
Bu voqealardan keyin Suleyman usmonli sultoni Murod Idan yordam soʻradi va 1383/4-yillarning qishida usmonli qoʻshini bilan Katamonuga kelib, otasi bilan jang qildi. Jangda Boyazid magʻlubiyatga uchradi va Sinopga chekindi[4].
Kastamonuga kelgan sulton Murod I mintaqani oʻz davlati hududiga qoʻshib olishga harakat qilgan boʻlsa ham, oʻziga qarshi chiqqan xalqqa qarshilik koʻrsata olmasligini anglab, bosib olgan qalʼalarini Boyazidga qoldirib, Kastamonuni tark etganini eʼlon qildi. HUdudlar oʻgʻlini bartaraf qilgan Boyazid qoʻliga qayta oʻtdi[5].
Beklik taxtiga chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murod Ining ukasi shahzoda Sulaymonning qizi Sultan Hatun bilan Suleyman Bey turmush qurgani manbalarda uchraydi[6]. Ammo yana boshqa manbalarda Suleyman Bey emas Kötürüm Bayezidning turmush qurgani yozilgan[7].
Otasi tomonidan Kastamonudan quvilgan Sulaymon 1384-yilda yana Murod I oldida panoh topdi, sultonning dastagini olib, hududni qaytarib olishga harakat qildi. Ushbu voqealar yuz berayotgan vaqtda Boyazid kasallangan edi va qarshilik koʻrsatmasdan Sinopga chekindi. 1385-yilda Suleyman Bey Kastamonuda oʻzini yangi bek deb eʼlon qildi[6].
Hukmdorli davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suleyman Bey humdorlik davrida Usmonlilar imperiyasi bilan doʻstona aloqalarni yoʻlga qoʻygan boʻlib, Murod I davrida Usmonlilarning Karaman va Kosova safarlari uchun yordamchi kuchlar joʻnatgan[8].
Murod Ining Kosova jangida shahit boʻlganidan keyin, taxtga Onadoʻli beklari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan shahzoda Yakup Bey akasi Yildirim I Boyazid tomonidan oʻldirildi. Shu sababdan Onadoʻli bekliklar, jumladan, Karamanoğulları, Saruhanoğulları, Aydınoğulları, Hamidoğulları, Menteşeoğulları, Germiyanoğulları va Kadı Burhaneddin davlati Yildirim Boyazidga qarshi ittifoq tuzdilar[9]. Suleyman Bey mana shunday ogʻir vaqtlarda ham Usmonlilar bilan birga boʻlib, 1389-1390-yillardagi Onadoʻli safarida Boyazid I Yildirim tarafidan jangga kirgan[8][9].
Bu harbiy safar natijasida Gʻarbiy Onadoʻli bekliklarining birin-ketin yoʻq qilinishi va Ipak yoʻlidagi Candaroğulları markazlarining Usmoniylar tomonidan bosib olinishi xavfini anglagan[10] Suleyman Bey Kastamonuga qaytib, Kadı Burhaneddin bilan yaxshi munosabatlar oʻrnatgan va Vezirköprüda Kadı Burhaneddin bilan uchrashib, Usmonlilarga qarshi ittifoq tuzgan[8][10].
1390-yilda Boyazid I Yildirimning Karamanoğulları bekligining poytaxti Koʻniyani qamal qilishi ortidan, Karaman beki Alâeddin Ali Bey Kadi Burhaneddindan yordam soʻradi. Kadi Burhaneddin bu taklifni qabul qilib, Suleyman Beyni Karahisarga chaqirdi. Yordam qilish haqida munozaralar qilinayotgan bir vaqtda, Karaman beki Alâeddin Ali Bey Boyazid I Yildirimga oʻz tobeligini bildirdi va ittifoq qurilmasidan yoʻq boʻldi. Shundan soʻng, Suleyman Bey poytaxt Kastamonuga qaytib ketdi[11].
Boyazid Yildirim ittifoqdan ayrilgan Suleyman Bey ustiga 1391-yilda harbiy safar boshladi. Suleyman Bey Kadi Burhaneddindan yordam soʻrab, elchi yubordi. Boyazid Suleyman ustiga yana ikki marta yurish qildi[12].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yildirim Boyazid 1392-yili Candaroğulları bekligiga kirgach, Suleyman Bey Kadi Burhaneddindan yordam soʻradi. Kadi Burhaneddin esa Usmoniylarning katta tahdid ekanligini yodda tutgan holda yordam taklifini qabul qildi, lekin Yildirim Boyazid tez harakat qilib, Suleyman Beyni ushlatdi va qatl qildi. Shundan soʻng, Candaroğulları bekligining katta qismini oʻz davlatiga qoʻshib oldi[12][13].
Suleyman Beyning qabri qayerda ekanligi maʼlum emas.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
- ↑ Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
- ↑ 4,0 4,1 Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 72.
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 73.
- ↑ 6,0 6,1 Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 74.
- ↑ Yakupoğlu, Cevdet. (2018). a.g.m, syf. 2.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 127.
- ↑ 9,0 9,1 Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 76.
- ↑ 10,0 10,1 Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 78.
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 81.
- ↑ 12,0 12,1 Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 128.
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 83.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yücel, Yaşar. Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri, 1988 (Türkçe), Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806.
- Uzunçarşılı, İsmail Hakkı. Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri, 2019 (Türkçe), Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574.
- Kastamonu Tarihi: : XV'inci asrın sonlarına kadar (Türkçe). Ahmet İhsan Matbaası.
- Yakupoğlu, Cevdet. Çobanoğulları ve Candaroğulları Zamanında Kastamonu. Kastamonu Valiliği. ISBN 9789751740977.
- Gedik, Ahmet. „Candaroğlu Celâleddin Bayezid Dönemine Ait İki Kitabeye İlişkin Tashihi Gereken Bazı Hususlar“. Necmettin Erbakan Üniversitesi. 209–218-bet. 30 Mayıs 2020da asl nusxadan arxivlandi.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam); Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud:|ölüurl=
(yordam); Unknown parameter|arşivtarihi=
ignored (|archive-date=
suggested) (yordam); Unknown parameter|sayı=
ignored (|issue=
suggested) (yordam); Unknown parameter|tarih=
ignored (|date=
suggested) (yordam); Unknown parameter|çalışma=
ignored (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|archivedate=
(yordam)
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Kötürüm Bayezid |
Candaroğulları beki 1385-1392 |
Vorisi: İsfendiyar Bey |