Ruth Crosby Noble
Ruth Crosby Noble | |
---|---|
Gerpetologiya sohasiga salmoqli hissa qo'shgan olima | |
Tavalludi |
15-mart 1897[1] |
Vafoti | 27-mart 1988[2][3] New Jersey shtatining Allendeyl shahri |
Istiqomat joylari | Connecticut shtati, Hartford shahri |
Fuqaroligi | amerikant |
Millati | ingliz |
Sohasi | gerpetolog |
Ish joylari | Amerika tabiiy tarix muzeyi |
Institutlar | Wellesley kolleji bakalavr, Kolumbiya universitetida magistr |
Tezis sarlavhasi | „Yirtqich tabiat“ |
Turmush oʻrtogʻi | Gladwyn Kingsley Noble |
Ruth Crosby Noble (1896/1897). — 1988-yil mart) amerikalik yozuvchi va gerpetolog boʻlgan. Amerika tabiat tarixi muzeyida ishlagan u turmush oʻrtogʻi Gladwyn Kingsley Noble bilan birga qurbaqaning yangi turini — Eleutherodactylus ruthae ni kashf qildi va unga uning nomi berildi. Noble keyinchalik hayvonlarning xulq-atvoriga bagʻishlangan „Yirtqich tabiat“ nomli asarini yaratdi.
Hayot yoʻli va martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Born Ruth Crosby 1986-yil yoki 1987-yil tugʻilgan boʻlib, u Connecticut shtatining Hartford shahrida taʼlim-tarbiya olgan va Massachusettsdagi Wellesley kollejida tahsil olgan. U yerda talaba boʻlganida, u oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi, Harvard universiteti talabasi Gladwyn Kingsley Noble bilan tanishgan[4]. Keyinchalik u New-Yorkka koʻchib oʻtdi va 1919-yildan 1923-yilgacha Amerika tabiiy tarix muzeyining taʼlim[5] va gerpetologiya boʻlimlarida assistent boʻlib ishlagan[6]. Muzeyda u muzey eksponatlarini koʻr odamlar uchun qulayroq qilish uchun ulkan izlanishlar olib borgan. U, shuningdek, Amerika Universitet ayollari assotsiatsiyasining aʼzosi boʻlgan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida faol boʻlgan[7].
Muzeyda biolog hodimlari Hispaniolaga ekspeditsiyani uyushtirishdi, ular oʻsha paytda ilm-fanga juda kam maʼlum boʻlgan karkidon, iguana va Hispaniolan gigant daraxt qurbaqasini oʻrganishdi. Tadqiqotchilar 200 dan ortiq tirik qurbaqa va 40 turdagi iguanalarni qoʻlga olib, muzeyga yuborishga muvaffaq boʻlishdi: Gladwyn Noble oʻz mutolaalarida: „Har ikkala shaklni ham topish va ularning hayot tarixini ishlab chiqish baxtiga muyassar boʻldik“ deb oʻz asarlarida yozib qoldirgan[8]. U va uning turmush o‘rtog‘i Eleutherodactylus ruthae qurbaqasini Dominikan Respublikasida muzey tomonidan moliyalashtirilgan ekspeditsiya paytida topdilar; qurbaqani eri Ruf nomi bilan atagan[9]. Muzeyda ishlayotgan paytda u Kolumbiya universitetida magistrlik darajasini oldi[10].
1945-yilda[11] Noble turmush oʻrtogʻining tadqiqotlari va eslatmalari asosida hayvonlarning xatti-harakati haqida yozilgan "Yirtqich tabiat" kitobini nashr etdi. Bu oson tushunarli ingliz tilida yozilgan asar bo'lib, tabiiy tarix kuzatuvlari, hamda, laboratoriya tajribalaridan olingan materiallarni oʻz ichiga olgan toʻplam ishidir[11]. Uning 17 bobida keltirilgan mavzularda hayvonlarga nisbatan ijtimoiy munosabatlar va hayvonlardagi hissiyotlarni ifodalovchi qarashlarni oʻz ichiga oladi[11][12]. Ushbu qoʻlyozma nashr etilishidan oldin ham psixologlar, ham tabiatshunoslar tomonidan oʻqilgan: Robert Yerkes, Frank Beach va Ernst Mayr uning qismlariga kirish va tahrirlash huquqiga ega boʻlganlar[11]. Psixologik byulletenda kitobni koʻrib chiqishda uning materiali batafsil yoritilganligi yuqori baholandi va undan qiyosiy psixologiya kurslarida foydalanish tavsiya qilindi[11]. Amerika Entomologiya Jamiyatining Annals jurnalida yozgan sharhlovchi, kitobning „oʻyin-kulgini ilmiy qiymat bilan uygʻunlashtirgan noyob sifati“ ekanligini taʼkidlab oʻtgan[12].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]NobleEnglewoodning Birinchi Presviterian cherkovining aʼzosi va Englewood ayollar klubi prezidenti boʻlgan[13]. Gladwyn Kingsley Noble bilan turmush qurgan.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ruth Crosby Noble 1988-yil 15-mart yoki 27-mart[10][13] da 91 yoshida Nyu-Jersi shtatining Allendeyl shahridagi qariyalar uyida vafot etgan. Undan koʻplab qoʻlyozma va asarlar qolgan.
Tanlangan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Noble, G. Kingsley; Noble, Ruth C. (August 20, 1923). "The Anderson tree frog (Hyla andersonii Baird)—Observations on its habits and life history". Zoologica: Scientific Contributions of the New York Zoological Society 2 (18): 416–455. doi:10.5962/p.206603.
- Noble, Ruth Crosby. The Nature of the Beast: A Popular Account of Animal Psychology from the Point of View of a Naturalist. Doubleday, Doran, Incorporated, 1945. ISBN 978-0-598-99002-0.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ — Т. 2. — С. 735.
- ↑ — Т. 45. — С. 3.
- ↑ (unspecified title) — С. 29.
- ↑ Fitzgerald, Helen (March 27, 1927). "Woman hunts giant Saurians". The Brooklyn Daily Eagle. p. 89.
- ↑ Museum community is saddened by the passing of four". Grapevine. New York, N.Y.: Employees' Benefit Association of the American Museum of Natural History. 40 (1). January–February 1983.
- ↑ Fitzgerald, Helen (March 27, 1927). "Woman hunts giant Saurians". The Brooklyn Daily Eagle. p. 89.
- ↑ "Ruth Crosby Noble, 91, former trustee". The Record. March 30, 1988 – via newspapers.com.
- ↑ Rader, Karen A.. Life on Display: Revolutionizing U.S. Museums of Science and Natural History in the Twentieth Century. University of Chicago Press, 2014 — 61–62-bet. DOI:10.7208/9780226079837-004.
- ↑ Fitzgerald, Helen. „Woman hunts giant Saurians“. The Brooklyn Daily Eagle (1927-yil 27-mart), s. 89.Fitzgerald, Helen (March 27, 1927). „Woman hunts giant Saurians“. The Brooklyn Daily Eagle. p. 89.
- ↑ 10,0 10,1 "Museum community is saddened by the passing of four". Grapevine (New York, N.Y.: Employees' Benefit Association of the American Museum of Natural History) 40 (1). January–February 1983. https://archive.org/details/grapevine4049amer/page/n4/mode/1up."Museum community is saddened by the passing of four". Grapevine. New York, N.Y.: Employees' Benefit Association of the American Museum of Natural History. 40 (1). January-February 1983.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 Carpenter, C. R. (1945). "Review of The Nature of the Beast". Psychological Bulletin 42 (7): 482–483. doi:10.1037/h0050087. https://archive.org/details/sim_psychological-bulletin_1945-07_42_7/page/482.
- ↑ 12,0 12,1 L., A. W. (September 1, 1945). "The Nature of the Beast". Annals of the Entomological Society of America 38 (3): 454. doi:10.1093/aesa/38.3.454.
- ↑ 13,0 13,1 „Ruth Crosby Noble, 91, former trustee“. The Record (1988-yil 30-mart).„Ruth Crosby Noble, 91, former trustee“. The Record. March 30, 1988 – via newspapers.com.