Karkidon
Shahar | |
41°04′25″N 71°12′23″E / 41.07361°N 71.20639°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Chust tumani |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Karkidon (ruscha: Каркидан) – Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Chust tumaniga qarashli shaharcha 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].
Tarixdan maʼlumki, joy nomlari toponimikasida asosan mahalliy aholining urugʻi, qabilasi nomidan yoki qiladigan ish faoliyatidan kelib chiqib nomlangan. Karkidon qishlogʻida ham aholining asosiy qismini oʻzbeklar va ozroq qismini qirgʻiz, qipchoqlar tashkil qiladi. Karkidon qadim tarixga ega qishloq boʻlib, bir qator jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, qishloqning tabiiy geografik sharoiti, aholisining qadimdan oʻtroq turmush tarzini kechirganligi, dexqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanib kelganligini taʼkidlash mumkin. [2]
Tadqiqotchi V. P. Nalivkinning yozishicha, Fargʻona vodiysida qadimdan oʻzbeklarning ming, yuz, qirq, kerki, qipchoq va boshqa urugʻlarning yashab kelganligini taʼkidlaydi. Shundan kelib chiqib „Karkidon“ nomi va aholisini „kerki“ urugʻiga bogʻlash ham mumkin.
Karkidon soʻzining lugʻaviy maʼnosi – „Kar“ toponimining oʻzagi Hind-yevropa tillariga mansub boʻlib „shahar, qoʻrgʻon, uya, atrofi oʻralgan joy“ degan maʼnolarni bildiradi. „Ki“ oʻzagi esa „koʻk“, „togʻ“, „tepa“ degan maʼnolarni bildiradi. „Don“ qoʻshimchasi esa „joy“, „makon“ maʼnolarini bildirib, „don yetishtiruvchilar qoʻrgʻoni“ degan maʼnoni bildirgan.
Yana bir manbada Karkidon qishlogʻiga Arabistonning Kark degan joyidan (hozirda Iroqdagi shahar) qabilalar koʻchib kelganligini taʼkidlash mumkin. „Kark“dan koʻchib kelgan qabilalar hozirgi Karkidon qishlogʻining shimoliy – sharqiy qismiga kelib joylashganligi ular asosan dexqonchilik bilan shugʻullanganliklari va qishloqning yuqori qismida uy joy qurib yashaganliklari qishloq nomini esa „Karki“ yoki „Karki yurtidan koʻchib kelganlar“, „Karkidan kelganlar“ yashaydigan joy deb atashgani ham rivoyat qilinadi. Karkidan kelganlar asosan dexqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanganlar.
Suv tanqisligi, qurgʻoqchilik boʻlganda ham Karkidon hududida yer ostidan chiqadigan suv bulogʻi toʻxtamagan va soy suvi qishloq boʻylab oqqan bu yerda dexqonchilik, bogʻdorchilik uchun yer unumdor boʻlgan. Aholi dexqonchilikda asosan tariq, bugʻdoy, arpa yetishtirish bilan shugʻullangan. Karkidon hududidagi suvga boy, unumdor yerlar daragini bilganlar boshqa joylardan kelib bu yerdagi donni koʻrib xayratlanib bu yer Karkidon ekan yaʼni „donga boy joy“ deb ataganlar.
Karkidon soʻzining yana bir lugʻaviy maʼnosi forsiycha „Korki“ - „ishlov beruvchilar“ va „don“ – „joy“, „makon“ maʼnosini bildirib „donga ishlov beruvchilar joyi“ yoki „don yetishtiruvchilar makoni“, „don yetishtiriladigan joy“ degan maʼnoda ham uchraydi.
Demak „Karkidon“ – „tepadagi qishloq“, „tepadagi joy, makon“, „tepadagi qoʻrgʻon“ maʼnosida yoki „don yetishtiruvchilar qoʻrgʻoni“ kabi maʼnolarni bildirganligini koʻrish mumkin.
Karkidon nomi XV-XVI asrlardagi manbalarda keng miqyosda tilga olina boshlagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ Nalivkin V. P. Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva. – Kazan, 1886. 215 s.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |