Rustam Xalfin
Rustam Xalfin | |
Haqiqiy ismi | Rustam Xalfin |
Tavalludi | 1949-yil 14-oktyabr Toshkent shahri |
Vafoti | 2008-yil 31-dekabr Olmaota |
Millati | Qozogʻiston |
Sohasi | rasm, video sanʼati, foto sanʼati |
Rustam Xalfin (1949-yil 14-oktyabr, Toshkent – 2008-yil 31-dekabr, Olmaota) – qozoq xalqining zamonaviy sanʼat rassomi va meʼmori.
XX asr Oʻrta Osiyo sanʼatining eng muhim namoyandalaridan biri[1]. Ijrochilik, installyatsiya va video sanʼati bilan birinchilardan boʻlib shugʻullangan. Mintaqa sanʼat jamoatchiligiga katta taʼsir koʻrsatib, modernistik idrokda koʻchmanchi estetika kontsepsiyasini ishlab chiqqan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustam Xalfin 1949-yili Toshkent shahrida frontchi askar Nurmuhamed Abdrahmonovich Xalfin (1909–1974) oilasida tugʻilgan. Rustamning akasi – sovet va rus olimi Marat Nurmuhamedovich Xalfin (1940–2020).
1950-yili oilasi bilan birga Olmaotaga (Qozogʻiston SSR, SSSR) koʻchib oʻtadi. Keyin butun umrini shu shaharda oʻtkazgan.
U 1972-yil Moskva arxitektura institutini tamomlagan.
Rus avangardining koʻzga koʻringan vakili Vladimir Sterligovning shogirdi boʻlib, 70–90-yillar davomida „kosa gumbazli ong“ nazariyasini ishlab chiqqan[2].
1999-yilda LOOK galereyasini ochadi.
2005-yilda Xalfinning ijod namunalari nufuzli Venetsiya biennalesida Markaziy Osiyo pavilyonida namoyish etilib, qozoq zamonaviy sanʼati ilk bor dunyoga taqdim etilgan[3].
Rustamning rafiqasi va uning ilhomlantiruvchisi rassomi Lidiya Blinova boʻlib, doimiy ravishda kvartira koʻrgazmalarini oʻtkazib turgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunda Rustam Xalfin merosining bir qismi 200 dan ortiq asarlardan iborat: rasmlar, installyatsiyalar, chizmalar, fotosuratlar, matnlar va boshqalar.
Rassomning yirik va taniqli loyihalari: „Yevrosiyo utopiyasi“ (jumladan, „Loy loyihasi“, „Danqa loyiha“), „Shimoliy varvarlar“.
Koʻrgazmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning ishi 51-Venetsiya biennalesi (2005), Markaziy Osiyo paviloni, Off the Silk Road: No Mad’s Land, Haus der Kulturen der Welt, Berlin (2002) va re-orientation: Kunst zu Mittelasien, ACC Gallery, Veymar (2002) kabi nufuzli koʻrgazmalarda namoyish etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-yil – Olmaota shahridagi Respublika maydonidagi uylarni loyihalashda ishtirok etgani uchun Butunittifoq yosh arxitektorlar ijodiyoti koʻrgazmasining diplomi, Moskva, Rossiya.
1999-yil – „Oʻz-oʻzini identifikatsiya qilish: futurologik prognozlar“ Zamonaviy sanʼat markazining birinchi yillik koʻrgazmasi Xalqaro hakamlar hayʼatining uchinchi mukofoti (G. Tryakin-Buxarov va L. Turganboeva bilan birgalikda), Olmaota, Qozogʻiston.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Sultanbaeva, Zitta / Nurieva, Asya. „Art-atmosfera Alma-Ati“ – Olmaota, 2016-yil. ISBN 978-601-7283-29-2
2. Rustam Khalfin Seeing through the artistʼs hand – Whit space gallery, London, 2007-yil. ISBN 978-0-9557394-0-8
3. Aleksandr Brener. „Jitiya ubiennix xudojnikov“ – Moskva, 2017-yil. ISBN 978-5-87987-110-4
4. Nazipa Yejenova. „Jivie spleteniya“ – Tsentr sovremennoy kulturi „Tselinniy“, 2020-yil. ISBN 978-601-06-6792-1
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tselinny Center of Contemporary Culture. „Цикл лекций «Кто такой Рустам Хальфин?»“ (ru). YouTube (2021-yil 29-aprel). 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
- ↑ „Выставка «Рустам Хальфин. Автопортрет без зеркала»“. Государственный музей искусств Республики Казахстан им. А. Кастеева (2020-yil 17-iyul).
- ↑ „Искусство Центральной Азии: Актуальный Архив. Каталог 1го павильона Центральной Азии, 51 la Biennale di Venezia“. Astral Nomads (2005). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.