Kontent qismiga oʻtish

Rustam Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustam Abdullayev
Tavalludi 12.02.1947
Janrlar opera, balet, instrumental konsert
Kasbi Bastakor
Musiqa oʻqituvchisi
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Veb-sayt Ofitsialniy sayt

Rustam Abdullayev (1947-yil 12-fevral, Xiva) – sovet va oʻzbek bastakori[1]. Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi (1995-yildan). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1997-yil). Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1997-yil).

Xivada agronom va oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Rustam Abdullayevning ota-onasi Abdulla Otajonov va Gavhar Matekubovalar edi. Rustam Abdullayev oʻrta maktabni tugatgach, Musiqa nomidagi bilim yurtiga oʻqishga kirdi. U bolaligida Xiva musiqa maktabida qashqar rubob sinfida tahsil olgan, xalq teatri orkestrida ham ijro etgan[2]. 1970-yillar boshida Toshkent davlat konservatoriyasida (B. F. Gienko bilan, soʻngra B. I. Zeydmandan assistent stajyor sifatida) tahsil oldi[3]. 1985-yildan konservatoriyada kompozitsiya va cholgʻu asboblari kafedrasida dars beradi (2010-yilda professor boʻldi).

U shoira Zulfiya[4] taqdiri haqida hikoya qiluvchi „Sadoat“ („Sadoqat“) operasi muallifi, „Quyoshga taʼzim“ baletoratoriyasi, cholgʻu konsertlari shu jumladan, „Chunes of Navroʻz“ pianino uchun ikkinchi konsert dasturi va „Tay ohanglari“ uchinchi fortepiano konserti[5], yapon shoirlari soʻzlaridagi vokal sikllari „Xirosima faryodi“, Zulfiya soʻzlariga „Hijron“[4][6] va boshqa asarlar yaratdi.

Rustam Abdullayev 1972-yil Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan. 1985-yildan Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining kotibi (1985—1995-yillar), raisi (1995-yildan). 4 opera – „Shodimulk“ (1975-yillar), „Sadoqat“ (O. Matchon, 1980-yil), „Xiva ordeni“ (E. Samandarov, 1985-yil), „Kimlar zor, kimga xor“ (M. Mirzo, 1994-yil); „Quyoshga taʼzim“ baletoratoriyasi (Oʻ. Umarbekov, 1984); simfoniya (1975-yil) va 3 simfonik poema (1968—1970-yillar); fortepiano va orkestr uchun 5 ta konsert (1972—1995-yillar), kamervokal, xor va boshqa asarlarning muallifi. Asarlari Oʻzbekiston va chet el konsert sahnalari (Rossiya, Ukraina, [Shvesiya]], Tailand, Jan. Koreya va boshqalar)da ijro etiladi.

1985-yilda Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasining bosh kotibi boʻldi. 1995-yildan buyon uning raisi boʻlgan. U bastakor va ijrochi sifatida qadrlanadi. Rustam butun Rossiya va xalqaro tanlovlarning sovrindori. Uning asarlari AQSh, Germaniya, Misr, Yaponiya, Tailand, Turkiya, Janubiy Koreya kabi yigirmadan ortiq mamlakatlarda ijro etilgan.

Rustam Abdullayev uylangan boʻlib uning uch farzandi bor. Farzandlari – Behzod va Elnura ham pianinochi[7][8].

Rustam Abdullayev 1986-yil – Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti („Quyoshga taʼzim“ baletiga musiqa yaratgani uchun)[9], 1997-yil – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, 2022-yil – "Mehnat Shuxrati" ordeni[10] bilan mukofotlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi – A harfi – Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti. – S. 27
  2. „Рустам Абдуллаев: «Каждый день открывает мне новые горизонты творчества» // И. Галущенко, Uzbekistan Today, № 2 (11), 2013“. 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  3. „Образный мир творчества композиторов республик Средней Азии и Казахстана / Г. В. Кузнецова. — М. : Сов. композитор, 1991“. 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  4. 4,0 4,1 „Образный мир творчества композиторов республик Средней Азии и Казахстана / Г. В. Кузнецова. — М. : Сов. композитор, 1991“. 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  5. „Инструментальные концерты Рустама Абдуллаева: обновление жанра // Галущенко И. Г., Современные инновации, № 9 (11) / VI Международная научно-практическая конференция «Современные инновации в эпоху глобализации: теория, методология, практика» — 17 сентября 2016“. 2019-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  6. „Штрихи к портрету Рустама Абдуллаева на примере романса-баллады «Ўғлим, сира бўлмайди уруш!» («Сын мой, не бывать войне!») на стихи Зульфии // Дергачёва Э. А., «Проблемы современной науки и образования», 2018. № 4 (124)“. 2019-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  7. „Рустам Абдуллаев: «Каждый день открывает мне новые горизонты творчества» // И. Галущенко, Uzbekistan Today, № 2 (11), 2013“. 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  8. Nastroenie skazochnogo bala // V. Knyagnitskaya, Golos Uzbekistana[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  9. „Ежегодник БСЭ, 1987 / М. Советская энциклопедия — С. 170“. 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  10. „Указ Президента Республики Узбекистан от 29 августа 2022 года «О награждении в связи с тридцать первой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации»“. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.