Kontent qismiga oʻtish

Rushdiy Muhammad Siddiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rushdiy Muhammad Siddiq
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir, yozuvchi

Rushdiy Muhammad Siddiq (arabcha: رشدي محمد صديق)(XVII asr, Qoʻqon) — shoir, adib va tarjimon. „Tazkirat ul-avliyo turkiy“ va „Gʻavsul-Aʼzam“ kabi asarlar muallifi[1].

Umrining oxirgi yillarini Qashqarda oʻtkazgan. Rushdiyning bizga qadar ixchamgina axloqiy-taʼlimiy mazmundagi dostoni hamda katta hajmdagi „Tazkirat ulavliyoi turkiy“ asari yetib kelgan. Unda Mansur Xalloj, Boyazid Bastomiy, Robiya Adaviya, Abu Turob Naxshabiy, at-Termiziy, Junayd Bagʻdodiy, Ibrohim Adham singari sharqning 88 mashoyixi haqida maʼlumot beriladi. Rushdiy bu asarini yozishda arab va fors tillaridagi 14 manbadan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi durdonalaridan foydalangan. Kitob turkiy tilda yozilgan, avliyolar — soʻfizm taʼlimoti daholari haqida eng mukammal maʼlumot beradigan yagona tazkiradir. Tazkiraning birdanbir nusxasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetining qoʻlyozmalar fondida saqlanadi[2].

  • Tazkirat ul-avliyo turkiy;
  • Gʻavsul-Aʼzam.
  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Rushdiy Muhammad Siddiq haqida sahifa mavjud.