Abu Turob Naxshabiy
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. (2024-08) |
Hayot Yoʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy 806 yili qadimgi Naxshab, yaʼni hozirgi Qarshi shahrida tavallud topgan. U bosh langʻich taʼlimni oʻz shahrida olgan. Keyinchalik Buxoro va Saraxs shaharlarida taʼlim olishni davom ettirgan. Soʻngra koʻpgina Islom mamlakatlariga safar qilib, mashhur tasavvuf shayxlari va ulamolari bilan ilmiy suhbatlarda qatnashgan. Basrada mashhur shayx Hasan Basriyadan taʼlim olgan va uning qoʻlidan xirqa kiygan. Rivoyatlarga qaraganda, unga 42 marotaba Haj ziyoratini amalga oshirish nasib etgan. U zot buyuk sabr-bardosh sohibi boʻlgan.Fariduddin Attor “Tazkirat ul-avliyo” asarida u kishi haqida yozganlari eʼtiborga molik. Shunday yozadi: "Shayx Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy qaddasallohul aziz viloyat bodi yasining (dashtining) sayyohi zamon dengizining mallohi (kema chisi) edi. Xuroson tuprogʻidagi shayxlarning ulugʻlaridandir. Har qachon muridlarida bir yomon ish koʻrsa, muridiga bir narsa demas, oʻzi tavba qilib, istigʻfor aytar edi. Aytar edi ki: „Ul bechora bu baloga men tufayli yoʻliqdi“. Darhol Haq taolo oʻsha muridga saloh (yaxshilik) ato etar, murid pushaymon boʻlib, tavba qilib, istigʻfor etar edi.Alisher Navoiy oʻzining „Lison ut-tayr“ dostonida Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy nomini ehtirom bilan tilga oladi va u haqdagi bir rivoyatni keltiradi. Rivoyatga koʻra, Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning muridlaridan biri zebu ziynatga boʻlgan maylini yuqota olmaydi. Kiygan toʻnidagi yamoqlari ham qizil, yashil, sariq ranglarda edi. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy pir sifatida uning nafsini magʻlub qilish uchun turli ogʻir ishlarni buyuradi. Ammo natijaga erisha olmaydi. Oxiri shunday yumush buyuradi. Murid bir necha kun davomida qoʻyningichak-chavoqlari solingan savatni Nasaf bozori ichidan olib chiqishi kerak. Murid bu ishni ado etadi va xudparastligidan asar ham qolmaydi. Savatdan tomgan najas suvlar dastori va toʻnini rasvo qiladi. „Bu mashaqqat uning kibri va nafsini oʻldiradi“, deydi mirAlisher Navoiy.
Ustozlari va Avliyolar eʼtiborida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shundan keyin pir muridning poklanishiga ruxsat beradi. Alisher Navoiy oʻzining „Lison ut-tayr“ dostonida Abu Tu rob Naxshabiy an-Nasafiy nomini ehtirom bilan tilga oladi va u haqdagi bir rivoyatni keltiradi. Rivoyatga koʻra, Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning muridlaridan biri zebu ziynatga boʻlgan maylini yuqota olmaydi. Kiygan toʻnidagi yamoqlari ham qizil, yashil, sariq ranglarda edi. Abu Turob Naxshabiy an-Na safiy pir sifatida uning nafsini magʻlub qilish uchun turli ogʻir ishlarni buyuradi. Ammo natijaga erisha olmaydi. Oxiri shunday yumush buyuradi. Murid bir necha kun davomida qoʻyning ichak-chavoqlari solingan savatni Nasaf bozori ichidan olib oʻtishi kerak. Murid bu ishni ado etadi va xudparastligidan asar ham qolmaydi. Savatdan tomgan najas suvlar dastori va toʻnini rasvo qiladi. „Bu mashaqqat uning kibri va nafsini oʻldiradi“, deydi mir Alisher Navoiy. Shundan keyingina pir murdaning poklanishiga ruxsat beradi. Bu hikoya orqaliAlisher Navoiy bir tomondan, Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning oʻtkir ruhshunos mutaffakirli gini koʻrsatgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, tasavvufning muhim shartlaridan biri boʻlgan nafs va kibrni jilovlashning in son hayotidagi ahamiyatini taʼkidlagan. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning koʻplab muridlari va shogirdlari boʻlgan. Ulardan biri mashhur shayx Hamdun Na safiydir. Mashhur donishmandlardan Abu Abdulloh Jalol, Abu Obid Basriylar uning qoʻlidtaʼlim-tarbiya olganlar. U soʻfizmda futuvvat va tavakkul nazariyotchilaridandir. Av-liyolarning ibratli hayoti va ishlari haqidagi kitoblarda u haqda ham qiziqarli maʼlumotlar bor. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyni mashoyixlar sabr-bar doshning buyuk timsoli deb bilisharkan. U kechasi uxlamay, kunduzlari gʻaflatda qolmay yurar ekan. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy piri murshid dara jasiga erishgan tasavvuf shayxlaridan biri. U oʻzi yashagan davrda eʼtiborli ahamiyatga ega boʻlgan tasavvufning muhim shartlaridan biri – nafs va kibrni jilovlash masalasi ga alohida eʼtibor qaratgan allomadir. Uning qarashlari da nafs va kibrni jilovlash musulmon insonlar hayotida naqadar ahamiyatli ekanligi yaqqol namoyon boʻlgan. Alisher Navoiy Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning tasavvufdagi maqomiga hamda qarashlariga yuksak hurmat boʻlgan.
Ijod yoʻli va Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy Xuroson mashoyixlari orasida mashhur boʻlgan. Maʼruza va suhbatlarida kishilarning nafsini tiyib yurishga, sabr-qanoatli hurmat va ehtirom bilan munosabatda boʻlganoʻlishga chaqirgan. Zamondoshlari uni „Maʼno shahrining shohimardoni“, „Taqvo osmonining mohi“, „Haqiqat ilmining
orifi“, „Qutbi zamon“ deb taʼriflashgan. Abu Turob Naxsha biy an-Nasafiy haqida el orasida koʻplab naqllar yoyilgan. Shulardan yigirmaga yaqini Muhammad Siddiq Rushdiyning „Avliyolar sultoni, turonlik avliyolar“ kitobida keltirilgan. Abu Turob Askar ibn al-Husayn an-Naxshabiy an-Nasafiy taxminan 875 yili vafot etgan.Fariduddin Attor u Basra shahrida dafn etilganligini yozadi. Ammo boshqa maʼlumot larga koʻra, qabri Qarshi shahri yaqinida. Aniqrogʻi, Qashqadaryo viloyatiNishon tumanidagi Eski Nishondan 2 kilometr chama si uzoqlikda sobiq Qari Nishon mavzesida dafn qilingan. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning qabri xalq oʻrtasida „Shahid ota“, „Chilla mozor“ ziyoratgohi deb ataladi. Hozirgi vaqtda u zotning marqadi muboraklari oddiy qabr koʻrinishi da. Obodonlashtirish ishlari rejalashtirilmoqda. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy haqiqiy maʼnoda oliy lik darajasiga etgan avliyolardan hisoblanadi. U zotning hayotiy faoliyatlari va tasavvuf nazariyasini boyitishdagi tarixiy qarashlari, aytish joizki, bugungi kunda ham maʼna viy ahamiyatini yoʻqotmagan
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Doktor Abdulmajid Muhtasib Uslub-ul Hayot kitobi Tarjima qildi; Ismoil Rayhonov
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Abu Turob Naxshabiyga tegishli iqtiboslar mavjud. |