Rus ruletkasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
Rus ruletkasi bu hayot uchun xavfli oʻyin boʻlib, bunda revolverga bitta oʻq joylanadi va silindr aylantiriladi, tumshugʻini boshga yoxud tananing boshqa qismiga yoʻnaltiriladi (oʻziga yoxud qarshi tomonga) va tepkini bosiladi. Agar oʻqlangan kamera toʻgri kelsa oʻq otiladi va oʻlimga yoxud ogʻir jaroxatga olib keladi.
Bu narsaning kelib chiqish yeri Rossiya deb qaraladi, shuningdek ruletka va revolver silindrini aylantirish xavf-xatarga qarshi borish elementi hisoblanadi. Revolver silindri ruletka gʻildiragini esga soladi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrew Klarkning yozishicha, rus ruletkasining kelib chiqishi rus shoiri va yozuvchisi Mixail Lermontov tomonidan yozilgan „Bizning zamonamiz qahramoni“ hikoyalar toʻplamidagi „Fatalist“ qisqa hikoyasida koʻrinadi. Hikoya Kossak qishlogʻida sodir boʻlib, asosiy qahramon Grigoriy Aleksandrovich Pechorin avvaldan rejalashtirilgan taqdir yoʻq ekanligini aytadi va isbotlash uchun garov bogʻlaydi, buning uchun yigirma dona oltin tangalarni stolga qoʻyadi. Tsar qoʻshini leytenanti, kelib chiqishi Serbiyalik boʻlgan Vulich bir necha kalibrlik pistoletni oladi va ularni porox bilan toʻldiradi. Toʻpponchalar oʻqlangan yoxud oʻqlanmaganini bilmas edi. „Janoblar, kim men uchun 20 oltin tanga toʻlaydi“, -deb soʻraydi Vulich va pistolet tumshugʻini miyasiga qaratadi. Shundan soʻng u Grigoriydan oʻyin qartasini yuqoriga otishni aytadi va qarta yerga tushganda tepkini bosishini bayon qiladi. Qurol otilmaydi, lekin Vulich miltiqni yana bir bor oyna orqali shlyapa tutqichiga qarata otganida oʻq otiladi va xona tutun bilan toʻladi.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rus ruletkasi soʻzi ehtimoliy jihatdan ilk bora Jorj Surdez tomonidan 1937-yilda, xuddi shu nomdagi 1937-yil Kolier jurnalida chop etilgan asarda ishlatilgan.
"Rus ruletkasi haqida eshitganmisiz?" Men yoʻq deganimda u hammasini aytib berdi. U 1917-yil Ruminiyaga bostirib kirgan rus armiyasi bilan birga edi. Unga koʻra ofitserlar nafaqat oʻz nufuzlarini balki, pullari, oilalari va mamlakatlarini yoʻqotishayotgan edi. Oʻzga armiyadagi oʻz kollegiyalari tomonidan hurmatsizlikni sezgandan soʻng ular istalga yerda, stolda, kafeda, doʻstlar davrasida revolverni olishardi va katrijni ochib bitta oʻq qoldirib aylantirishardi va revolverni yopishardi. Oʻz boshlariga pistoletni tutib tepkini bosishardi. Ularda katrijdan oʻq chiqmasligi va hayotlarini davom ettirish uchun beshta imkon bor edi va bitta imkonda ularning miyyalari sochilib ketar edi.
1937-yil mobaynida Kollier hikoyalarida bu soʻz izohlariga qaratilgan baʼzi gazetalar chop etildi. Ilk mustaqil koʻrinish 1938-yil gazetalarda koʻrinda va unda bir yosh bola uni oʻynayotgan vaqtda vafot etgani haqida maʼlumot berilgan. Birinchi hayotiy misol 21 yoshli jurnalistika oʻquvchisining Austin, Texasda va Texasdagi boshqa nashriyotlarda 1938-yil 8-yanvarda chiqqan gazetalarda uchraydi. Kamida 4 ta boshqa Rus ruletkasi misollarini shu yildan keltirish mumkin. Illinoisning Peoriya okrugidan 34 yoshlik politsiya xodimi, Hyustondan 20 yoshli shaxs, New Yorkning Saratogasidan 18 yoshli shaxs va Los-Anjelesdan 16 yoshli shaxslar.
Mos ravishda, bu atama xavfli tavakkalchilik metaforasiga aylandi va diplomatiya, iqtisod, tibbiyot, siyosat va sportda doimiy qoʻllanib kelindi.
Ehtimollik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu holatda matematik jihatdan bitta boʻlmasi oʻqlangan olti oʻqli revolver koʻrib chiqiladi. Gʻayritabiiy xolatlar, jumladan ishlamaydigan qurollar ehtimolligini oʻz ichiga olmagan.
Variant: Har safar tepki bosilganidan soʻng revolver aylantiriladi
Bu variant bilan navbat muhim hisoblanmaydi va bir ishtirokchi uchun hisoblangan yutqazish ehtimolligi qolganlar uchun ham teng boʻladi. Lekin har bir otishdan soʻng keyingi otishda oʻqning chiqish ehtimolligi faqatgina shu boʻlma uchun ortadi. 6 ta boʻlmali revolverda K oʻrindagi otish uchun (0 dan boshlab) ehtimollik har bir boʻlmani sinashdan soʻng ehtimoliy boʻlmalarning kamayishiga olib keladi, yaʼni 6-k, natijada magʻlubiyat ehtimolligi 1/6-K ga teng boʻladi. Natijada har bir ishtirokchidan soʻng tirik qolish ehtimolligi mos ravishda, 16.7%, 20%, 25%, 33.3%, 50% va 100% ga teng boʻladi. Umumiy olganda, N ta boʻlmasi mavjud boʻlgan revolver orqali K ta tepki bosilishidan yutqazish ehtimolligi 1/N-K orqali hisoblanadi.
Lekin, bunda ham faqatgina avvalgi oʻyinchi boʻsh boʻlmani topsagina oʻyinga keladi, natijada K tartibdagi shaxning oʻyinni yutqaziah ehtimolligi (ushbu rasmda keltirilgan) funksiya orqali hisoblanadi va bunda K>0, demak umumiy qilib istalgan K uchun 16.7% ehtimollik qoladi. 6 ta boʻlmali revolver uchun 6-da otilish ehtimolligi 6/6 yoxud 100% hisoblani. Bu esa revolverning oltita tepki ichida otilishini koʻrsatadi. Umumiy olganda K ta tepki bosishdan soʻng ehtimollik K/N ga teng boʻladi. Oʻrtacha tepki bosishlar soni esa bu holatda N+1/2 ga teng va 6 ta boʻlmali revolver uchun oʻrtacha 3.5 ta tepki bosiladi.
Variant: Revolver boshlanishidagina bir marta aylantiriladi
Bu variant bilan navbat muhim hisoblanadi, chunki keyinroq boʻlish yutqazish imkoniyatini kamaytiradi.
Har bir tepki uchun yutqazish ehtimolligi 16.7%ga teng. Lekin, har bir oʻyinchi oʻyinga keladi, qachonki ulardan oldingi oʻyinchi boʻsh boʻlmani topa olsa. Oʻyin davomida birinchi oʻyinchidan boshlab yutqazish ehtimolligi kamayib boradi. Oʻyin mobaynida oʻyinchilarning yutqazish ehtimolligi oʻrniga qarab, verguldan keyingi bitta raqam bilan 16.7%, 13.9%, 11.6%, 9.6%, 8.0% foizlar orqali kamayib boradi va bu (1/6)*(5/6)K funksiya orqali koʻrsatiladi. N ta boʻlmasi bor revolver uchun, K oʻrinda turuvchi oʻyinchining yutqazish ehtimolligi esa (1/N)*(N-1/N)K.
6 ta bosishdan soʻng revolverning otilishi ehtimolligi esa 1-(5/6)6 yoxud tahminan 66.5%ga teng. Umumiy olganda N ta boʻlmasi boʻlgan revolver uchun K ta otishdan soʻng otilish ehtimolligi 1-(N-1/N)K ga teng. Bundan kelib chiqib geometrik taqsimot orqali bu 1/N ga teng boʻladi.
Qurol uchun otilishlarning oʻrtacha miqdori bu variantda N ta hisoblanadi. (6 ta otish, 6 ta boʻlmali revolver uchun)
Taniqli voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amerika Fizika institutidagi tranzistorning yaratuvchilaridan biri Fizika yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori Uilyam Shokley maʼlumotlarida, u oʻzini oʻldirish uchun oʻzi bilan oʻzi bu oʻyinni oʻynagani taʼkidlanadi.
- 1954-yil 25-dekabrda Amerika musiqachisi Jonny Eys Texasda oʻziga oʻqlanmagan miltiq qaratilib turganda oʻzini oʻldiradi. Keyinchalik bu voqelar rus ruletkasi bilan bogʻlanadi.
- Graham Grinning 1971-yilgi oʻz avtobiografiyasida yozishicha, u oʻzi bilan oʻzi oʻsmirligida bir necha bora rus ruletkasini oʻynagan.
- 1972-yilda fransuz qoʻshiqchisi va aktyori Jonny Holday alkogol va kokain taʼsirida oʻzining uy bekasi, Amerika qoʻshiqchisi va aktrisasi Nanette Vorkman bilan bir necha bor rus ruletkasini oʻynaydi. Uning oxirgi xotini Latisia Smetning 2018-yilgi bayonotida u buni ancha avval koʻp amalga oshirgani keltirib oʻtiladi. Bu vaqtda u oʻz taqdiri bilan oʻynaganini taʼkidlaydi.
- 1976-yil 10-sentabrda Fin afsungari Aymo Leykas omma oldida oʻzining rus ruletkasi chiqishini qilayotgan vaqtda Hartola sahnasida oʻzini oʻldiradi. U bu jarayonni tahminan bir yildan beri koʻrsatib kelayotgan edi.
- 1984-yil 12-oktabrda Jon-Erik Geksum 44 Magnum revolverida oʻqsiz porox orqali rus ruletkasini oʻynayotgan chogʻida qattiq chaqnash sodir boʻladi va uning miyasini shikastlaydi. U zudlik bilan Bevelery Hill tibbiyot markaziga olib kelinadi va bu yerda unga miya oʻlimi tashxisi qoʻyiladi.
- Aytishlariga qaraganda, 2016-yil 11-Iyunda MMA kurashchisi Ivan JP Kol oʻzini rus ruletkasini oʻynayotgan chogʻida vafot etadi.