Kontent qismiga oʻtish

Porox

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Porox — koʻp komponentli portlovchi moddalarning zichlashtirilgan qattiq (kondensirlangan) aralashmasi. Poroh havosiz muhitda barqaror yonib, katta miqdorda qizigan gazsimon mahsulotlar hosil qilish xususiyatiga ega. Porohning yonishi tashqi bosimning keng oraligʻida (0,1—1000 MPa) issiqlikni qavatdan qavatga oʻtkazishga asoslangan. 2 xil poroh farqdanadi: 1) tutunsiz poroh (nitrotsellyuloza asosidagi) piroksilinli poroh, karbitlar va ballistitlarga boʻlinadi; 2) aralashmali poroh (yoqilgʻi va oksidlovchidan iborat), jumladan tutunli poroh (qora poroh) kon ishida dekorativ toshlar (marmar, diabaz va boshqalar)ning yirik boʻlaklarini ajratib olishda, tutunsiz poroh karyerlarda portlash ishlarida, artilleriya va oʻqli qurollarning oʻqdorilari sifatida, pirotexnik qurilmalar va boshqalarda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil