Rossiyada Mavlud
Rossiyada Mavlud |
---|
Rojdestvo — rus provaslav cherkovida qabul qilingan bayram sanasiga koʻra tasdiqlangan , Iso Masihning tugʻilgan kuni xotirasi bilan bogʻliq nasroniy bayrami. Bayram Rossiyada Gregorian taqvimi boʻyicha 7-yanvar kuni nishonlanadi, Yulian taqvimiga koʻra 25-dekabrga toʻgʻri keladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiyada Rojdestvo bayrami XX asr oxirida knyaz Vladimir choʻqintirilganidan keyin rasmiy bayramga aylandi va 25-dekabrdan nishonlana boshlandi. Rossiyada Rojdestvo kunidan boshlab Maslenitsa bayramigacha bir yil davomida mehnat va moliyaviy shartnomalar tuzish odat tusiga kirgan[1]. XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida Beshik teatri Polshadan Rossiyaga kirib boradi: Rojdestvoda, maxsus qutida, qoʻgʻirchoqlar yordamida gʻorda Iso Masihning tugʻilishi haqida sahnalar namoyish etiladi. Bu anʼana 1917-yil oktabr inqilobigacha[2] davom etgan. XIX asrning oxiriga kelib, bezatilgan Rojdestvo daraxti shaharda ham, qishloqda ham Rojdestvoning ajralmas atributiga aylandi va XX asrning boshidan boshlab gʻarbiy Santa Klausning rus analogi tomonidan sovgʻalar tarqatilishi anʼana tusiga kirgan. 1929-yildan Sovet Rossiyasida Rojdestvoni nishonlash taqiqlangan[3]. Ushbu taqiq bilan Rojdestvo daraxti ham bekor qilingan, bu „ruhoniy“lar odati sifatida eʼtirof etilgan[4]. SSSR Xalq Komissarlari Kengashining 1929-yil 24-sentabrdagi „Uzluksiz ishlab chiqarish haftasiga oʻtayotgan korxona va muassasalarda ish vaqti va dam olish vaqti toʻgʻrisida“gi qaroriga binoan: "Yangi yil kuni va bayram kunlari, barcha diniy bayram kunlari (sobiq maxsus dam olish kunlari), umumiy dam olish kuni sifatida belgilanadi"[5]. Rojdestvoni davlat darajasida rasmiy ravishda nishonlash anʼanasi 1991-yilda tiklangan: 1990-yilning dekabr oyida RSFSR Oliy Kengashi Rojdestvo bayramini ishlanmaydigan kun deb eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi[6]. Biroq, RSFSRning baʼzi respublikalarida, masalan, Tatar ASSRda bu farmon eʼtiborga olinmagan va oʻsha kuni davlat muassasalari ishlagan[7]. Hozirgi vaqtda Rojdestvo Yangi yil arafasida (yoki bir kun oldin) boshlanadigan va Rojdestvoga qadar davom etadigan umumiy „Yangi yil bayramlari“ ning bir qismidir.
Xalq bayramlarini oʻtkazish anʼanalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloqlarda keng tarqalgan Rojdestvo odatga koʻra, hovli qurish va keyin somon yoqishdan iborat boʻlgan. Shu bilan birga, barcha qarindoshlar somon toʻliq yonib ketguncha hurmat bilan jim turishgan. Afsonaga koʻra, „Oʻlgan ajdodlar bu daqiqalarda oʻzlarining avlodlari tomonidan yoqilgan olovda isinish uchun kelishadi va unumdorlikka oʻzining hissalarini qoʻshishadi“- deb ishonishgan. Ilgari, rus dehqonlari orasida bir odat mavjud boʻlgan, unga koʻra agar Rojdestvo kunida uyga birinchi boʻlib ayol kishi kirsa, bu yomon alomat hisoblangan — bu uyda ayol yil boʻyi kasallikka chalinadi deb ishonishgan[1].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- E. L. Madlevskaya " Rojdestvo (Wayback Machine saytida 2014-01-19 sanasida arxivlangan) " // Rossiya etnografiya muzeyi
- Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 Krugliy god. Russkiy zemledelcheskiy kalendar, — M.: Pravda, 1989, S. 59-62, ISBN 5-253-00598-6
- ↑ Мадлевская, Е. Л. „Вертеп“. Российский этнографический музей. 2014-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-mart.
- ↑ Rojkov, A. Yu. V krugu sverstnikov: jiznenniy mir molodogo cheloveka v Sovetskoy Rossii 20-x godov : v 2 t. — T. 1. — Krasnodar: Perspektivi obrazovaniya, 2002. — 205 s.— ISBN 5937490177
- ↑ „Кто же это, «Новый год»? - Праздник как миф и как средство управления“ (ru). www.kob-crimea.org. 2017-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
- ↑ „Постановление СНК СССР от 24.09.1929“. www.libussr.ru. 2017-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
- ↑ Postanovlenie Verxovnogo Soveta RSFSR ot 27.12.1990 № 2981-I „Ob obʼyavlenii 7-yanvarya (Rojdestva Xristova) nerabochim dnyom“
- ↑ Gazeta „Известия“ ot 5-yanvarya 1991 goda.