Rosa acicularis
Rosa acicularis | |
---|---|
Muhofaza qilish holati
| |
Ilmiy tasnifi | |
Kingdom: | Plantae |
Clade: | Tracheophytes |
Clade: | Angiosperms |
Clade: | Eudicots |
Clade: | Rosids |
Order: | Rosales |
Family: | Rosaceae |
Genus: | Rosa |
Species: | R. acicularis
|
Binomial nomi | |
Rosa acicularis | |
Kichik turlari | |
Sinonimlar[2] | |
Rosa acicularis — rosaceae oilasiga mansub gulli o'simliklar qatoriga kiradi. Odatda tikanli yovvoyi gul, tikanli atirgul, tukli gul, yovvoyi gul yoki Arktika atirguli deb ham nomlanadi. Bu Osiyo Yevropa[3] va Shimoliy Amerikaning shimoliy hududlarida golarktik tarqalgan yovvoyi atirgulning bir turi hisoblanadi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rosa acicularis - 1-3 metr balandlikda o'sadigan bargli buta hisoblanadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan bo'lib, 7-14 sm uzunlikda, uchdan ettigacha yaproqlar joylashgan. Barglarining shakli tuxumsimon, chetlari tishli (tishli) tuzilgan. Gullar pushti (kamdan-kam hollarda oq), diametri 3,5-5 sm, kesib ko'rilganda, rangi qizil, nok shaklida tuxumsimon, diametri 10-15 mm kattalikda bo'ladi. Uning tabiiy yashash joylariga chakalakzorlar, soy bo'ylari, qoyali toshlar va o'rmonli tepaliklar hisoblanadi[4].
Ushbu atirgul turining ploidligi o'zgaruvchan bo'ladi. Botanika ilmiy-tekshirish instituti olimlari uni Shimoliy Amerikada tetraploid va geksaploid (subsp. sayi)[5] va Yevrosiyoda oktoploid (subsp. acicularis)[5], jumladan, Xitoyda sanab o'tgan[6]. Shimoliy qutb tekisliklarida o'sadigan turlarining genetikasi odatda tetraploid hisoblanadi. Yukonda geksaploid populyatsiyalari mavjud.
Shimoliy Amerikada tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimoliy Amerika tekisliklarida bu mahalliy atirgul turi Albertaning viloyatining mahalliy gulidir[7]. Bu Kanada Prairiya provinsiyalarining Parklend hududida Rosa Woodsii (Vuds atirgullari) kabi turi keng tarqalgan emas va Shimoliy Amerikaning shimoliy boreal o'rmonlarida Rosa Woodsii kabi keng tarqalmagan.
-
O'simlikning kattaroq poyalari odatda to'g'ri tikanlar bilan zich qoplangan.
-
Yosh gullar quyuqroq rangga ega hisoblanadi.
-
O'simlik mevasi odatda bu yerda ko'rsatilgandek cho'ziladi.
-
1987-yildan beri Rosa acicularis Kanadaning Alberta provinsiyasida avtomobil raqamlarida tasvirlangan.
Foydalanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishgacha o'simlik tanasida saqlanib qolinadigan moddalar A va C vitaminlari bo'lib yuqori samaraga ega ekanligi haqida ma'lumotlar mavjud. Mahalliy amerikaliklar barglardan choy va salat tayyorlashadi va tamaki chekish uchun ichki qobig'idan foydalanishadi. Bu o'simlikdan parfyum ham ishlab chiqarilish keng yo'lga qo'yilmoqda. [8]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rosa turlari ro'yxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Maiz-Tome, L. (2016). "Rosa acicularis". IUCN Red List of Threatened Species. 2016: e.T64323755A67730697. Retrieved 17 April 2022.
- ↑ "Rosa acicularis". Germplasm Resources Information Network (GRIN). Agricultural Research Service (ARS), United States Department of Agriculture (USDA). Retrieved 17 December 2017.
- ↑ [http:/contact /rbg-web2.rbge.org.uk/cgi-bin/nph-readbtree.pl/feout?FAMILY_XREF=&GENUS_XREF=Rosa+&SPECIES_XREF=acicularis+&TAXON_NAME_XREF=&RANK= „Rosa acicularis“]. Flora Europaea.
- ↑ „Lady Bird Johnson Wildflower Center - The University of Texas at Austin“. www.wildflower.org. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Lewis W.H. (1959). "Monograph of Rosa in North America. I. R. acicularis". Brittonia 11 (1): 1–24. doi:10.2307/2805073.
- ↑ Yu, Chao; Luo, Le; Pan, Hui-tang; Sui, Yun-ji; Guo, Run-hua; Wang, Jin-yao; Zhang, Qi-xiang (January 2014). "Karyotype Analysis of Wild Rosa Species in Xinjiang, Northwestern China". Journal of the American Society for Horticultural Science 139 (1): 39–47. doi:10.21273/JASHS.139.1.39.
- ↑ „Government of Alberta's official emblems“. 2007-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Reiner, Ralph E.. Introducing the Flowering Beauty of Glacier National Park and the Majestic High Rockies. Glacier Park, Inc., 1969 — 120-bet.