Roqim
Roqim | |
---|---|
Tavalludi |
ismi nomaʼlum tax. 1742-yil |
Vafoti |
1814/1815-yil Xorazm |
Kasbi | Shoir, xattot, munshiy, muallim |
Roqim (taxallusi; ismi nomaʼlum; tax. 1742-yil, Xiva — 1814/1815-yil, Xorazm) — oʻzbek shoiri va xattot.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roqim tax. 1742-yilda Xivada tugʻilgan. Madrasada tahsil olgan. Qozixonada munshiy boʻlib ishlagan. Xususiy maktab ochib, muallimlik qilgan[1]. Ijodda Navoiy va Fuzuliyga ergashgan. Oʻzbek va fors tillarida, mumtoz badiiyatning deyarli hamma janrlarida ijod qilgan.
Anʼanaviy ishqiy lirikasi va ijtimoiy masalalarga oid sheʼrlari ijodida muhim oʻrin tutadi. Ularda davr qiyinchiliklari, jabr-zulmdan shikoyat anʼanaviy ishqiy kayfiyatlar orqali ifodalangan, yor madhi turmushning ijtimoiy talqini bilan bogʻlangan, ishqiy norozilik esa ijtimoiy adolatsizlikdan shikoyat maʼnosini aks etgan.
Roqimning bizgacha 1 devoni (6470 misra) va devonga kirmagan 30 muxammas, 6 gʻazali yetib kelgan. Koʻplab muxammaslari Navoiy, Fuzuliy, Munis, Bedil, Ravnaq va boshqalarning gʻazallariga bogʻlangan. Roqim Xorazm adabiy muhitida marsiyachilikka asos solgan. Marsiyalaridagi hasratlar real insoniy kechinmalarga asoslangan, anʼanaviy obraz va ifodadan qochib, yangi, hayotiy obrazlar yaratgan. Roqim nomalar ham yozgan, Munis devoni va boshqalarni husnixatda koʻchirgan. Devoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv. №7576)[2]. Uning tanlangan asarlari 1965-yilda nashr etilgan[1].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Roqim. Tanlangan asarlar, Toshkent, 1965.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- ↑ „Roqim“ OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 jildli], 3j., T., 1978.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Roqimga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |