Kontent qismiga oʻtish

Roman Leonidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roman Leonidov
Tavalludi 1943-yil 12-may
Vafoti 2015-yil 11-may
Krasnodar
Janrlar klassik
Kasbi skripkachi Rossiya SSSR
Fuqaroligi SSSR va Rossiya

Roman Leonidovich Leonidov (1943-yil12-may Farg'ona, 2015-yil 11-may, Krasnodar)— sovet va rus skripkachisi va yozuvchisi, professor va 2002-yilda Rossiya Federatsiyasi Oliy maktabining xizmat koʻrsatgan xodimi hisoblanadi.

1943-yil 12-mayda Oʻzbekistonning Fargʻona shahrida xoreograf oilasida tugʻilgan[1].

Roman umumiy taʼlimda va bir vaqtning oʻzida bolalar musiqa maktabida ham oʻqishni boshlaydi[2]. Roamn u yerda 7 yillik sobiq oʻqtuvchisi David Semenovich Tomashov sinfida oʻqiydi. Oʻn bir yoshida u torli cholgʻularda ijrochilari bilan Uzoq Sharq tanlovida qatnashdi va 1-oʻrinni egalladi[3].

1957-yilda Romanning ota-onasi Boku opera va balet teatriga taklif qilindi va isteʼdodli skripkachi Ozarbayjon konservatoriyasi qoshidagi Markaziy musiqa maktabida oʻqishni davom ettirdi. Tez orada oilasi bilan Krasnodarga koʻchib oʻtdi va Roman musiqa maktabiga oʻqishga kirdi va shundan soʻng 1961-yilda Bokuga qaytib keldi.

1961 — 1966-yillar Ozarbayjon konservatoriyasida oʻqigan va konservatoriyani bitirganligi toʻgʻrisida diplom olgan. 1967-yilda yosh mutaxassis Krasnodarga ishga ketadi avval musiqa maktabi va 4-sonli bolalar musiqa maktabida oʻqituvchi boʻlib dars bergan, keyin Krasnodar madaniyat va sanʼat institutida ishlagan[4].

1982-yilda Astraxan konservatoriyasining torli cholgʻu asboblari boʻlimiga taklif qilindi. Uning shogirdlari orasida butun Rossiya va xalqaro tanlovlar laureyati, Moskva Kapriz kvarteti aʼzosi Larisa Leunova ham bor, u Moskva konservatoriyasi va Rossiya musiqa akademiyasi oʻquvchilari bilan ansambldagi birinchi skripkachi boʻlgan. 1993 yilda professor, torli asboblar kafedrasi mudiri lavozimiga saylangan. 1998-yilda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor bo‘ldi. 2002-yilda " Rossiya Federatsiyasi Oliy maktabining xizmat koʻrsatgan xodimi " faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2004-yilda Leonidov va uning oilasi Krasnodarga qaytib keldi. Roman Leonidov Krasnodar davlat madaniyat va sanʼat universiteti konservatoriyasida dars berishni davom ettirdi[5]. Roman Leonidov 2015-yil 11-mayda Krasnodarda vafot etgan.

R. L. Leonidov turli nashriyotlar tomonidan chop etilgan ilmiy-fantastik hikoyalar va romanlar muallifi. 1962-yilda oʻn toʻqqiz yoshli Roman Leonidov Moskvada oʻtkazilgan ilmiy-fantastik tanlovda mukofot olgan.

Sovet astrofiziki P. R. Amnuel bilan hamkorlikda bir qancha kitoblar yozilgan. Mustaqil asarlar ham bor: 1983-yilda nashr etilgan „Olti qogʻoz xoch“ qissasi hisoblanadi.