Rolandas Paksas
Rolandas Paksas | |
---|---|
Tavalludi |
10-iyun 1956-yil |
Fuqaroligi | Litva |
Mukofotlari |
Paksas Rolandas (1956.10.6, Telshyay shahri) — Litva davlat arbobi. Vilnyus qurilish muhandislari instituti (1979), hozirgi Sankt-Peterburg Fuqaro aviatsiyasi akademiyasi (1984)ni tugatgan. Dastlab yoʻriqchi-uchuvchi, keyinchalik Vilnyus shahridagi "Dariyus va Giryunas" uchuvchilar klubi direktori, Koʻngilli milliy mudofaa xizmati boshligʻi boʻlib ishlagan. 1992— 97 yillarda "Restako" qurilish kompaniyasi prezidenti. 1997-yildan Vilnyus shahri kengashi aʼzosi, 1999-yil shahar meri. Shu yili Litva bosh vaziri, Litva Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha favqulodda elchisi, 2000-yildan yana Vilnyus shahri meri va Litva seymi deputata. 2000-yil noyabr — 2001-yil iyunda Litva bosh vaziri. 2002-yil martdan yangi tuzilgan Litva liberal-demokratlar partiyasi raisi, 2003-2004 yillarda Litva Respublikasi Prezidenti.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 10-iyunda tugʻilganlar
- 1956-yilda tugʻilganlar
- Telshyayda tugʻilganlar
- Uch yulduz ordeni sohiblari
- Buyuk Vitautas oltin zanjirli ordeni sohiblari
- Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni sohiblari
- Litva prezidentlari
- Yashayotgan insonlar
- Davlat yetakchilari haqidagi chala maqolalar
- Prezidentlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar