Kazys Grinius
Kazys Grinius | |
---|---|
Grinius 1926-yilda | |
3-Litva Prezidenti | |
Mansab davri 1926-yil 7-iyun – 1926-yil 17-dekabr | |
Oʻtmishdoshi | Aleksandras Stulginskis |
Vorisi | Jonas Staugaitis |
5-Litva Bosh vaziri | |
Mansab davri 1920-yil 19-iyun – 1922-yil 18-yanvar | |
Prezident | Aleksandras Stulginskis |
Oʻtmishdoshi | Ernestas Galvanauskas |
Vorisi | Ernestas Galvanauskas |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-dekabr 1866-yil Selema, Augustów Guberniyasi, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
4-iyun 1950-yil (83 yoshda) Chikago, Illinoys, AQSh. |
Siyosiy partiyasi | Litva xalq dehqonlari ittifoqi |
Bolalari | Liūtas Grinius (1989-yilda vafot etgan) |
Alma mater | Imperator Moskva universiteti (1893) |
Kazys Grinius (talaffuzi: [kɐˈzʲiːs ˈɡʲrʲɪnʲʊs], 1866-yil 17-dekabr – 1950-yil 4-iyun) – Litvaning uchinchi prezidenti boʻlib, 1926-yil 7-iyundan 1926-yil 17-dekabrgacha ushbu lavozimni egallagan[1][2]. Ilgari u 1920-yil 19-iyundan 1922-yil 18-yanvargacha Litvaning beshinchi Bosh vaziri boʻlib ishlagan. Holokost paytida odamlarni qutqargani uchun vafotidan soʻng, 2016-yilda Litva hayotni qutqaruvchi xochi (inglizcha: Life Saving Cross) bilan taqdirlangan va Xalqlar orasida solih (inglizcha: Righteous Among the Nations) deb tan olingan[3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grinius Rossiya imperiyasining bir qismi boʻlgan Avgustuv gubernatorligidagi Marijampole yaqinida joylashgan Selema shahrida tugʻilgan. U Imperator Moskva universitetida tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Yoshligidan Litva siyosiy faoliyatiga aralashib, Rossiya imperiyasi tomonidan taʼqibga uchragan. 1896-yilda u Litva Demokratik partiyasi (LDP) va Litva xalq dehqonlari ittifoqi (LVLS) partiyalarining asoschilaridan biri edi. Oʻsha yili u Joana Pavalkytėga uylangan. Bir muncha vaqt ular Virbalisda yashagan. 1899-yilda ularning oʻgʻli Kazys[4], 1902 yilda esa qizi Grajina tugʻildi. Birinchi jahon urushi paytida ular Kislovodskda yashagan. 1918-yilda Qizil Armiya hujumi paytida uning xotini va qizi rus terrorchilari tomonidan oʻldirilgan[2]. Ular Kislovodsk qabristoniga dafn qilingan.
1918-yilda Litva mustaqillikka erishgach, Grinius Litva xalq dehqonlari ittifoqi partiyasi aʼzosi sifatida Taʼsis majlisiga aʼzo boʻldi. U 1920-yildan 1922-yilgacha bosh vazir lavozimida ishlagan va Sovet Ittifoqi bilan shartnoma imzolagan[1][2]. U 3-chaqiriq Litva Respublikasi Seymi tomonidan prezident etib saylangan. Biroq u atigi olti oy xizmat qilgan. U Litvani egallash uchun yaqin orada kommunistik fitna borligini daʼvo qilgan Antanas Smetona boshchiligidagi toʻntarish natijasida agʻdariladi[2]. Grinius keyinchalik Kaunasda tibbiyot bilan shugʻullangan[2]. 1941-yilda fashistlar Germaniyasi Litvaga bostirib kirganida, Grinius Litvani har qanday xorijiy kuchlar tomonidan bosib olinishiga qarshi chiqqani uchun nemislar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadi. 1944-yilda Sovet armiyasi Litvani qayta bosib olgach, u Gʻarbga qochgan va 1947-yilda AQShga koʻchib ketgan[1][5].
Kazys Grinius 1950-yilda Chikagoda vafot etgan[1][2][5]. 1990-yilda Litva mustaqillikka erishgach, uning qabri Litvaga qaytariladi va qayta dafn etiladi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Griniuslar oilasi 1908-yil
-
Grinius 1919-yilda
-
Grinius Alitusda, 1920-yil
-
1920-yil Kaunas shahar teatri yonida Litva Taʼsis majlisi aʼzolari
-
Grinius Shyaulyayda, 1926-yil
-
Kazys Grinius qabri
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Dr. Kazys Grinius Dies; Ex-President of Lithuania“. Evening Star (1950-yil 5-iyun), s. 12. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun. Andoza:Open access
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Grinius, Former Lith President, Dies Here at 83“. Chicago Tribune (1950-yil 5-iyun), s. 59. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun. Andoza:Open access
- ↑ „Apdovanoti pasaulio tautų teisuoliai“ (lt-LT). www.jmuseum.lt (2016-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
- ↑ „Col. Grinius Haed of Lithuanian National Council“. The Lithuanian American Week (1942-yil 10-aprel), s. 1, 2. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul. Andoza:Open access
- ↑ 5,0 5,1 "Kazys Grinius". Encyclopædia Britannica. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/246334/Kazys-Grinius.<!--->