Rojiy Margʻiloniy
Rojiy Margʻiloniy | |
---|---|
Tavalludi |
Xoʻjajon Xoʻja Nizomiddin Xoʻja oʻgʻli 1834-yil |
Vafoti |
1918-yil Margʻilon |
Kasbi | Shoir |
Rojiy Margʻiloniy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoʻjajon Xoʻja Nizomiddin Xoʻja oʻgʻli, 1834-yil – Margʻilon – 1918-yil) – shoir.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rojiy 1834-yili Margʻilonda tugʻilgan. Qoʻqon va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xushxat va savodxon boʻlganligi uchun mirzalik, muallimlik va kotiblik qilgan[1]. Shoirning adabiy merosi 10 ming misraga yaqin: ular gʻazal, muxammas, masnaviy, muammo, ruboiy, tuyuq, qitʼa, fard, taʼrix kabi adabiy janrlarda bitilgan. Rojiy lirik sheʼrlarida pok insoniy sevgini, olijanob fazilatni ulugʻlaydi, zulm va adolatsizlikdan noliydi. „Qozi saylov“, „Saylov“ hajviyalarida amaldorlarni, poraxoʻr qozilarni tanqid qiladi, oʻz davri saylovining mohiyatini ochib beradi. „Toy“, „Toychoq“ kabi masnaviylarida mustamlakachilik zulmi ostida qashshoqlashgan xalqning turmushini, ochlik, muhtojlik hukm surayotgan muhitni qoralaydi. Rojiy Dukchi eshon qoʻzgʻoloni haqida ham sheʼrlar yozgan. Hofiz, Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliy, Nodira va Furqat kabi shoirlarning gʻazallariga nazira va taxmislar bitgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- ↑ „Rojiy Margʻiloniy“ OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Rojiy Margʻiloniyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |