Kontent qismiga oʻtish

Richard Oswalt Covey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Richard Covey
Tavalludi 1-avgust 1946
Arkanzas shtati 1946-yil 1-avgust
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Amerika Qo‘shma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari akademiyasi (Purdue universiteti)da
Kasbi NASA astronavti
Unvoni

Richard Oswalt Sovey (1946-yil 1-avgustda tugʻilgan) – isteʼfodagi Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari zobiti, sobiq NASA astronavti va Amerika Qoʻshma Shtatlari astronavtlar shon-sharaf zali aʼzosi.

1946-yil 1-avgustda Arkansas shtatining Fayetteville shahrida tugʻilgan. Richard esa Florida shtatini oʻzining tugʻilgan shahri deb bilgan. Richard 1964-yilda Florida shtatining Fort Walton Beach shahridagi Choctawhatchee oʻrta maktabini bitirgan. 1968-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari akademiyasida astronavtika muhandisligi boʻyicha bakalavr darajasini va 1969-yilda Purdue universitetida aeronavtika va astronavtika boʻyicha magistr darajasini qo'lga kiritgan.

Harbiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh havo kuchlari aʼzosi sifatida Covey 1970-yildan 1974-yilgacha F-100 Super Sabre, A-37 Dragonfly va A-7 Corsair II samolyotlarida operatsion qiruvchi uchuvchi boʻlib xizmat qilgan. Richard Janubi-Sharqiy Osiyoga ikki marta safar qilib, 339 ta jangovar parvozni amalga oshirishga erishgan. 1975-yildan 1978-yilgacha Florida shtatidagi Eglin havo kuchlari bazasida F-4 Phantom II va A-7D qurol tizimlarini sinovdan oʻtkazuvchi uchuvchi hamda F-15 Eagle samolyotining elektron urush sinovlarini oʻtkazish boʻyicha qoʻshma sinov kuchlari rahbari lavozimlarida ishlab faoliyatini davom ettirgan.

Covey 30 dan ortiq turli xil samolyotlarda 5700 soatdan ortiq parvozni amalga oshirgan.

NASA faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978-yil yanvar oyida NASA tomonidan astronavt nomzodi sifatida tanlangan, Covey 1979-yil avgust oyida rasman astronavtlik mavqeyiga ega boʻlgan. Toʻrtta kosmik parvoz faxriysi nomini olgan, 1985-yilda STS-51-I, 1988-yilda STS-26, 1990-yilda STS-38 va 1993-yilda STS-61 Covey koinotda 646 soatdan ortiq parvozni amalga oshirgan. U 1978-yilda NASA 8-guruhining astronavtlar sinfidagi birinchi kosmik parvozini amalga oshirgan soʻnggi aʼzosi boʻlib qolgan.

Kosmik raketoplan birinchi parvoziga qadar Richard Orbiter muhandisligini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazishda astronavtlarga yordam berib kelgan. Covey, shuningdek, STS-5, 6, 61-B, 61-C va 51-L Kosmik missiyalarida Missiya nazorati bortida kosmik kema aloqachisi (CAPCOM) boʻlib ishlagan. 1989-yilda u NASAning Kosmik parvozlar xavfsizligi paneli raisligini qo'lga olgan. Covey NASA Astronavtlar idorasida qoʻshimcha texnik vazifalarni bajargan, shuningdek, Astronavtlar idorasi boshligʻining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi va Parvoz ekipaji operatsiyalari boʻyicha direktor oʻrinbosari vazifasini bajarib kelgan.

Kosmik parvozlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
STS-51-I missiyasining ekipajlari. Covey oʻng tomonda pastki qismda.

Covey oʻzining ilk missiyasida 1985-yil 27-avgustda Floridadagi Kennedy kosmik markazidan parvoz qilgan STS-51-I nomli besh kishilik ekipaj tarkibiga kirgan edi. Yetti kunlik bu missiya davomida ekipaj aʼzolari uchta aloqa sunʼiy yoʻldoshini fazoga joylashtirganlar: AQSh Harbiy dengiz kuchlarining SYNCOM IV-4, Avstraliyaning AUSSAT va Amerika sunʼiy yoʻldosh korporatsiyasining ASC-1 sunʼiy yoʻldoshlarini. Shuningdek, ekipaj 15 000 funt (6,8 tonna) ogʻirlikdagi nosoz SYNCOM IV-3 sunʼiy yoʻldoshi bilan orbitada muvaffaqiyatli qoʻnib, uni taʼmirlashni amalga oshirgan. Ushbu taʼmirlash faoliyati kosmik ekipaj aʼzosi tomonidan sunʼiy yoʻldoshni birinchi qoʻlda ushlab turish va qoʻlda joylashtirishni oʻz ichiga olgan. Missiya davomiyligi 170 soatni tashkil etgan. Kosmik kema 1985-yil 3-sentyabrda Californiyadagi Edwards havo kuchlari bazasiga qoʻngan.

Richard keyingi vazifasini STS-26 parvozida uchuvchi sifatida oʻtagan. Bu parvoz Challenger halokati sodir boʻlganidan soʻng amalga oshirilgan ilk uchish hisoblangan. Besh kishidan iborat ekipaj 1988-yil 29-sentyabrda Floridadagi Kennedy kosmik markazidan „Discovery“ kemasi bortida fazoga yoʻl olgan. Missiya 97 soat davom etgan. Bu vaqt mobaynida ekipaj aʼzolari TDRS-C sunʼiy yoʻldoshini muvaffaqiyatli ravishda orbital joylashtirishga erishishgan hamda ikkita talabalar tajribasini oʻz ichiga olgan oʻn bitta qoʻshimcha foydali yuklarni boshqargan. „Discovery“ Yerning 64 marta aylanishini yakunlab, 1988-yil 3-oktyabrda Californiyadagi Edwards havo kuchlari bazasiga qoʻngan.

STS-38 da Covey 1990-yil 15-noyabrda Florida shtatidagi Kennedy kosmik markazidan tunda uchirilgan besh kishilik ekipajning kosmik kemasi qoʻmondoni boʻlgan. Besh kunlik missiya ekipaji aʼzolari Mudofaa vazirligining operatsiyalarini olib borgan. 117 soatda 80 ta Yer orbitasidan soʻng, Covey 1990-yil 20-noyabrda Kennedy kosmik markazining uchish-qoʻnish yoʻlagiga Atlantis kosmik kemasini uchirgan. Bu 1985-yildan beri Floridadagi birinchi Shuttle tiklanishi boʻlgan.

Toʻrtinchi parvozida Covey STS-61 Hubble kosmik teleskopi (HST) xizmat koʻrsatish va taʼmirlash missiyasida Space Shuttle Endeavour bortida yetti kishidan iborat ekipajga qoʻmondonlik qilgan. STS-61 1993-yil 2-dekabrda Florida shtatidagi Kennedy kosmik markazidan tunda uchirilgan. 11 kunlik parvoz davomida HST toʻrtta astronavt tomonidan rekord darajadagi beshta kosmik yurish orqali qoʻlga olingan va toʻliq quvvatga tiklangan. Yerning 163 orbitasida 4,433,772 miles (7,135,464 km) sayohat qilgandan soʻng, Covey 1993-yil 13-dekabrda Kennedy kosmik markazining uchish-qoʻnish yoʻlagiga tunda Endeavourni qoʻndirgan.

NASAdan keyingi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil 1-avgustda Covey NASA va Harbiy-havo kuchlaridan nafaqaga chiqqan. Covey uylangan va ikki nafar qizi bor. 2003-yilda Columbiya kosmik kemasi halokatidan soʻng, Covey isteʼfodagi havo kuchlari general-leytenanti Thomas Patten Stafford bilan birga STS-114 missiyasidan boshlab kosmik kemalar parkini koinotga qaytarishda Stafford-Covey komissiyasini boshqargan. 2005-yilda Covey Amerika skautlari tomonidan „Buyuk burgut skauti“ mukofotini olgan – u 1960-yilda otasi Floridadagi havo kuchlari bazasida boʻlganida burgut skautiga aylangan. Covey 2005-yilda Milliy burgut skautlari uyushmasi aʼzolari uchun nashr etilgan Eagletter jurnalida rasmi bosib chiqarilgan. 2006-yil yanvar oyida Convey Birlashgan kosmik alyansning bosh operatsion direktori lavozimiga saylangan. 2007-yil sentyabr oyida Covey kosmonavt Micheal J.McCulleydan keyin Birlashgan kosmik alyansning bosh ijrochi direktori lavozimini egallagan. Covey 2010-yil mart oyida Birlashgan kosmik alyansdan nafaqaga chiqqan. U 2005-yildan 2019-yilgacha „Re/Max Holdings“ MCHJ direktorlar kengashida ishlagan.

Maxsus mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Covey quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan:

ikkita Mudofaa sohasidagi ajoyib xizmati uchun medal, Mudofaa oliy xizmati uchun medal, Legion of Merit xizmati uchun faxriy orden, beshta Harbiy-havo kuchlarining ajoyib uchuvchi xochi sohibi, oʻn oltita Havo medali sohibi, Harbiy-havo kuchlarining xizmat koʻrsatgan medali sohibi, Harbiy-havo kuchlari maqtov medali, Milliy razvedka yutuqlari uchun medali, NASAning ajoyib xizmat uchun medali, NASAning ajoyib jamoat xizmati uchun medali, NASAning ajoyib rahbarlik qilganligi uchun medal, NASAning alohida xizmat medali, toʻrtta NASA kosmik parvoz medali hamda NASA jamoat xizmati uchun mukofotlarni qo'lga kiritgan.

Arkansas aviatsiya tarixi jamiyati Coveyni 1995-yilda Arkanzas aviatsiya shon-shuhrat zaliga kiritgan[1].

  1. „Arkansas Aviation Historical Society Collection“. Butler Center for Arkansas Studies.