Kontent qismiga oʻtish

Ravenclaw

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Reyvenklodan yoʻnaltirildi)

Ravenclaw-bg

Reyvenklo ranglari

Reyvenklo (ing. Ravenclaw) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slytherin, Gryffindor, Hufflepuff, Ravenclaw) biri. Bu fakultet talabalarining boshqa talabalardan farqli jihatlari: aql-idrok, ijod, teran fikrlar va donolik. Ravenclaw talabalarining shiori: "Oʻlchovlardan ziyod aql – insonning eng buyuk boyligidir" (ing. "wit beyond measure is manʼs greatest treasure")[1]. Ramzi – Burgut (filmlarda qargʻaga almashtirilgan). Asosiy ranglari – koʻk va bronzarang (filmlarda koʻk va kumushranga almashtirilgan). Dekan – afsunlar boʻyicha professor Filius Flitvik. Fakultet arvohi – Kulrang Xonim. Asoschi – Rowena Ravenclaw. 7-kitobga koʻra Kulrang Xonim – hayotida Rowena Ravenclawning qizi va uning ismi Helena boʻlgan[1]. J. K. Rowlingning soʻzlariga koʻra Ravenclaw havo unsuriga toʻgʻri keladi[2]

Reyvenklo ramzi

.

Ravenclaw minorasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravenclaw minorasi – Hogwartsdagi eng baland minoralardan biri. Balandligi boʻyicha Astronomiya va Gryffindor minoralaridan keyingi uchinchi oʻrinda turadi. Minora oynalaridan atrof muhitga goʻzal koʻrinish ochiladi. Minorada fakultetning mehmonxonasi va yotoqxonalari joylashgan.

7-kitobning soʻngidagina Ravenclaw haqida maʼlumot keltirib oʻtiladi. Bu yerda Harry Potter xochlardan biri – Rowena Ravenclawning diademasini topadi.

Hogwarts uchun kurash vaqtida shu minoraning yuqori qavatlarida, Voldemort qoʻshinining hujumlarini qaytaruvchi, Hogwarts otryadlaridan biri oʻrnashadi.

Ravenclaw mehmonxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravenclaw mehmonxonasi birinchi marta „Garri Potter va Ajal Tuhfalari“ kitobida tasvirlab berilgan. Mehmonxona oʻzida aylana shakldagi, och koʻk rangdagi pardalar va yumshoq kreslolar, yulduzli osmon aks ettirilgan gumbazsimon shift va diadema taqqan Rowena Ravenclawning haykali bilan jihozlanga xonani aks ettiradi. Ravenclaw mehmonxonasiga kirish uchun boshqa fakultetlardagidek parolni bilish emas, eshik qoʻriqchisi har safar almashtiradigan savolga javobni bilish kerak boʻladi[1].

Qiziq faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seriyadagi Filmlarda Ravenclaw mehmonxonasi koʻrsatilmagan (Garri diademani koʻrib qolgan sahna qirqib tashlangan[1]), lekin keyinchalik "Pottermore" (hozirgi nomi "Wizarding World") saytida chop etilgan illyustratsiyalar orasida Ravenclaw mehmonxonasi ham borligi aniqlangan.

Savol-parollar va ularning javoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Qaysi birinchi paydo boʻlgan: Feniks yoki Olov?
(Javob: aylananing boshi yo’q)
  • Yoʻqolgan buyumlar qayerga yoʻqolishadi?
(Javob: yo’qlikka, ya`ni har yerga)

Koʻrinishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 2-qism
  • LEGO Garri Potter: 1-4 yosh
  • Wizarding World
  • Harry Potter: Hogwarts Mystery
  • Hogwarts Legacy
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Rouling, Joan. Garri Potter va Ajal tuhfalari. Rosmen. 
  2. „The Leaky Cauldron and Mugglenet interview Joanne Kathleen Rowling: Part Three“. Accio Quote!. 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.