Kontent qismiga oʻtish

Qargʻalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qargʻa
Corvus corone corone

Qargʻalar – qargʻasimonlar oilasiga mansub 2 turi: kulrang qargʻalar va qora qargʻalarning umumiy nomi. Baʼzan 1 turning 2 kenja turi sifatida qaraladi. Uzunligi oʻrtacha 47 sm. Kulrang qargʻalar pati kulrang va qora; qora qargʻalarniki – faqat qora boʻladi. Bu 2 tur areali chegarasida oraliq tusli gibrid formalar ham uchraydi. Qora qargʻalar Yevropa va Osiyo gʻarbida va Shimoliy Amerikada; kulrang qargʻalar Yevrosiyoning boshqa hududlari va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Oʻrmonlar, xiyobonlar, baʼzan qamishzorlarda uya quradi. Kulrang qargʻalar har xil muhitga moslana olishi va murakkab xulq-atvori tufayli shaharlarda koʻp uchraydi. Ayrim joylarda oʻrdaklar va boshqalar qushlar uyasidagi tuxumlari va bolalarini yeb, birmuncha ziyon yetkazadi.