Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Qisqartma | RITOIATM |
---|---|
Turi | tibbiyot |
Ishga tushgan sanasi | 1930-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Yashnobod tumani Maxtumquli ko'chasi, 78-uy |
Direktori | Irismetov Murod Ergashevich |
Vebsayti | https://uzniito.uz/ |
Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi ilmiy amaliy tibbiyot markazi boʻlib, aholiga travmatologik va ortopedik tibbiy hizmatlarni koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan hisoblanadi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Respublika darajasidagi shifoxona booʻlib, asosiy markazi Toshkent shahrida joylashgan. Shuningdek, maskur markazning har bitta viloyatda filiallari mavjud boʻlib, eng ilgʻor texnologiyalar asosida aholiga xizmat koʻrsatadi. Mazkur shifoxonada yiliga 3500 ga yaqin endoprotezlash usulida va 4000 dan ziyod artroskopik operatsiyalarni muvofaqqiyatli oʻtkazilib kelinmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berib boradi. Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 1930-yilda oʻsha vaqtdagi ortopediya klinikasi sifatida tashkil etilgan. Oradan kki yil oʻtib, klinika ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi. Mustaqillik yillardan soʻng moddiy-texnika bazasi muttasil ravishda takomillashtirilib borilmoqda, kadrlar tarkibi va ilmiy salohiyatida ham ancha oʻsishlar kuzatildi. Ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari ortopedik va travmatologik bemorlarni davolashning yangi va zamonaviy usullarini koʻp marta ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etib kelmoqda. Bugungi kunda markaz davlatimizning travmatologiya va ortopediya sohasi boʻyicha kuchli bilib, hamda malakaga ega boʻlgan mutaxassislar faoliyat olib borayotgan, Respublikamizning turli hududlaridan davolanish maqsadida kelayotgan bemorlarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatayotgan tibbiyot markazlaridan biri hisoblanadi[2]. Shifoxona Toshkent shahri, Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasi, 78-uyda joylashgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Республика ихтисослаштирилган травматология ва ортопедия илмий-амалий тиббиёт маркази“. ssv.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Travmatologiya va ortopediya markazida qanday noyob jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yilgan?“. oz.sputniknews.uz. SPUTNIK. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN TRAVMATOLOGIYA VA ORTOPEDIYA ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZI“. orginfo.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.